• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Mehmonxona, bank, va zavodlarga sarmoya: TXIF-2023 da 11 mlrd dollarlik investitsiya shartnomalari imzolandi

    O‘zbekistonda 27—28-aprel kunlari o‘tkazilgan Ikkinchi Toshkent Xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2023) o‘z yakuniga yetdi. 

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    TXIF-2023da dunyoning 70 mamlakatidan 2,5 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashdi. 2022-yilgi forumga 50 mamlakatdan 1,5 ming nafar mehmon tashrif buyurgan edi.

    Agar birinchi forum doirasida jami 7,8 mlrd dollarlik 105 ta hujjat imzolangan bo‘lsa, joriy yilda TXIF-2023 doirasida 164 ta kelishuv va shartnoma imzolandi, ularning umumiy qiymati 11 mlrd dollarga yetdi.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Turkiyaning Cngiz Enerji San. ve Tic A.Ş. kompaniyasi o‘rtasida qiymati 300 mln dollarga teng Jizzax viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi tuzildi. 

    Bundan tashqari, vazirlik Xitoyning China Gezhouba Group Overseas Investment kompaniyasi bilan Buxoro viloyatida quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzoladi. Loyihaning qiymati 500 mln dollar bo‘lib, quyosh elektr stansiyasining quvvati 500 MVt bo‘lishi belgilangan. 

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Saudiya Arabistoni Qirolligining Mowah kompaniyasi o‘rtasida qiymati 90 mln dollarga teng Urganch shahrida issiqlik ta’minoti tizimlarini DXSH asosida rivojlantirishi bo‘yicha memorandum imzolandi. 

    Tabiat resurslari vazirligi va Koreyaning Sejin G&E So kompaniyasi o‘rtasida qiymati 55 mln dollarga teng maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi. 

    “Agrobank” hamda Germaniyaning “Commerzbank AG” banki o‘rtasida qiymati 20 mln savdoni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

    Bundan tashqari, “Agrobank” hamda Germaniyaning “KFW IPEX-Bank” banki bilan ham 30 mln dollarga teng savdoni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

    Mehmonxona sohasida Hyper Partners kompaniyasi va Rossiyaning Russian Management Hotel Company LLC korxonasi o‘rtasida besh yulduzli Premium toifadagi mehmonxonalarni qurish bo‘yicha kelishuv bitimi imzolandi. 

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fransiyaning SLT kompaniyasi bilan 6 mln dollarlik investitsiya shartnomasini imzoladi. Kompaniya O‘zbekistondagi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan mahalliy zavodni sotib olishni rejalashtirmoqda.

    Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Xitoyning Youdi Biotech kompaniyasi bilan Toshkentdagi Pharma Park klasterida dori-darmon ishlab chiqaruvchi zavod qurishga kelishib oldi. Loyiha 40 mln dollarga baholandi.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    "O‘zbek geologiya qidiruv" kompaniyasi hamda Rossiyaning "Oltin Kon" qo‘shma korxonasi o‘rtasida qiymati 18 mln dollarlik Kuljuktov tog‘ massivini geologik o‘rganish to‘g‘risida bitim imzolandi.

    Shuningdek, shartnomalar imzolangan yirik kompaniyalar ro‘yxatida Gezhouba Invest (Xitoy), Cengiz Energy (Turkiya), AL Bawani Company va Sajco (SAP), Lasselsberger Group (Avstriya), Dewan Cement (Pokiston), Mareven Food (Vyetnam), Landesbank (Germaniya), Cadila Pharmaceuticals (Hindiston) ham bor.

    Ma’lum bo‘lishicha, erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda har bir loyihaning ijrochilari va amalga oshirish muddatlari belgilab qo‘yildi.

    30.04.2023, 13:30   Izoh (0)   3056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.