• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Forsaj”, “Qora ritsar” va boshqa mashhur filmlardagi kompyuter grafikasisiz suratga olingan aqlbovar qilmas sahnalar

    Filmlar suratga olinib, tomoshabinga taqdim etilgunga qadar ko‘p mehnatni talab qiladi. Ayrim mashhur filmlarda uddalab bo‘lmaydigan ishlar kompyuter grafikasidan foydalanib amalga oshiriladi, ayrimlarida esa bu hech qanday grafikasisiz suratga olinadi.

    “Qora ritsar”

    Agar ba’zi ajoyib sahnalarni amaliy effektlar bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, Kristofer Nolan buni albatta amalga oshiradi. U “Qora ritsar”da kompyuter grafikasida bajarilgandek ko‘ringan ikkita sahnani tomoshabinlarga taqdim etdi. Birinchi sahna — shifoxonaning portlashi. Ushbu sahna uchun Kristofer Nolan haqiqiy binoni portlatib yubordi. Ikkinchisi — yuk mashinasining 180 darajada burilishi. Aylanish arafasida yuk mashinasidan ulkan chaqnash chiqdi va u ag‘darilib ketdi. Katta makkajo‘xori maydonlari sahnalari uchun Kristofer Nolan haqiqiy makkajo‘xori maydonini yetishtirish uchun ko‘p pul sarfladi. U sarmoyani hosil yordamida qaytarib oldi. “Argument” filmini suratga olish paytida u haqiqiy samolyotni haqiqiy binoga yubordi va xuddi shunday haqiqiy portlashni amalga oshirdi.

    “Yandeks Dzen”

    “Telba Maks”

    “Telba Maks” filmida kompyuter grafikasidan foydalanilgan, deyilsa bu hech kimni hayratga solmas edi. Ajablanarlisi shundaki, filmdagi grafikalardan minimal darajada foydalanilgan. Kinokartinada suratga olish jarayonlari uchun haqiqiy mashinalar qurilgan, olovli ustunlar qurilgan, ular bir vaqtning o‘zida uzun qatorlarda katta tezlikda harakat qilishgan. Masalan, filmdagi qum bo‘roni sahnasida grafikadan foydalanilgan.

    “Yandeks Dzen”

    “Royal kazinosi”

    Jeyms Bond filmlarining bir nechta qismlarini suratga olish uchun Daniyel Kreyg har doim o‘zini mukammal jismoniy holatda ushlab turishi zarur edi, chunki u yugurish, sakrash, jang qilish va ko‘p zarba berish harakatlarini bajarishi kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, ba’zi tryuklar shunchalik xavfli ediki, hatto kaskadyorlar ham ularni bajarishdan qo‘rqqan. Bunday tyuklardan biri Mollakning 30 metr balandlikdagi krandan sakrash sahnasi edi. Bu sakrashni friranner Sebastyan Fukan amalga oshirdi. Friranner intervyularidan birida bu holatda asabiylashganini aytgan, chunki u hayotini sug‘urta qilmaganligi sababli xato qila olmas edi.

    “Yandeks Dzen”

    “Forsaj”

    “Forsaj” filmlar turkumini fizika qonunlariga va har qanday sog‘lom fikrlashga e’tibor bermagani uchun xohlagancha tanqid qilish mumkin, biroq bu tomoshabinga bo‘sh vaqt o‘tkazishi uchun zarur bo‘lgan narsa – jo‘shqin va epik harakatni taqdim etadigan loyihaga aylandi. Ajablanarlisi shundaki, grafikaga o‘xshash sahnalarning asosiy qismi tabiiy ravishda suratga olingan.

    “Forsaj-6” filmida, tank bilan bog‘liq sahnada haqiqiy tank Ispaniya trassasi bo‘ylab ketayotgan edi, u yo‘lda 250 ga yaqin mashinaga zarar yetkazgan. Filmning yettinchi qismidagi suratga olish ishlari ham qiziq bo‘lib, mashinalar parashyutlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri tog‘ yo‘liga tashlangan. Ular haqiqatan ham parashyutda tushib, mashinalarni tor yo‘l bo‘ylab quvib ketishgan. Mashinalar bir-biriga, daraxtlarga to‘qnashishi, katta balandlikdan qulab tushishi — bularning barchasi suratga olish jarayonlarida bo‘lib o‘tgan.

    “Yandeks Dzen”

    Pol Uoker haqiqatan ham jarlikdan mashina tomon sakrab tushdi, biroq u himoyalangan edi. Kinokartinaning to‘qqizinchi qismida ijodkorlar haqiqiy yuk mashinasidan foydalanishdi, bu filmda kuchli magnit yordamida atrofdagi barcha metallni o‘ziga tortdi. U suratga olish jarayonlarida ishlatiladigan magnit emas edi, biroq og‘ir metall buyumlar aslida suratga olish maydonchasida uchib yurardi.

    Bularning barchasi aql bovar qilmaydigan sahnalar va ba’zan skeptiklar tomonidan tanqid qilinadi, biroq hatto eng qizg‘in skeptiklar ham sahna orti kadrlarini ko‘rganlarida jim qoladi.

    “Intiho”

    “Intiho” nomli filmidagi eng mashhur sahnalardan biri aylanuvchi koridordagi ikki daqiqalik jang sahnasi. Vizual effektlarga murojaat qilmasdan suratga olish uchun Kristofer Nolan haqiqiy aylanuvchi koridorni buyurtma qildi, unda aktyorlar postprodakshnda kiyilgan bog‘ichlar bilan harakat qilgan. Ushbu ikki daqiqali sahnani suratga olish uchun “Intiho” filmining suratga olish guruhi uch hafta vaqt sarfladi, natija esa kutilganidek o‘zini oqladi, chunki sahna film kontekstidan tashqarida ham ajoyib va ​​ta’sirli ko‘rinadi.

    “Yandeks Dzen”

    “Kelajak chegarasi”

    Tom Kruz ham xuddi Kristofer Nolan kabi filmlarida ko‘proq amaliy effektlardan foydalanishga harakat qiladi. Bu nafaqat “Uddalab bo‘lmas topshiriq” loyihasida, balki ekzoskeletlar haqiqiy bo‘lgan “Kelajak chegarasi” filmida ham yaqqol ko‘rinadi. Ularni yaratish uchun 4 oydan 5 oygacha vaqt kerak bo‘ldi, ular ekzoskelet turiga qarab 38 dan 56 kilogrammgacha bo‘lgan. Aktyorni kiyintirish va kostyumini yechishga bir soatcha vaqt ketdi va buning uchun 4 kishi kerak bo‘ldi.

    “Yandeks Dzen”
    12.05.2023, 12:30   Izoh (0)   5598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.