• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston dunyodagi suv tanqis 33 ta mamlakat qatoriga tushib qolishi kutilmoqda

    Suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida qariyb 1,1 milliard kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. 

    Kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishlari va qo‘shni mamlakatlarda suv iste’molining ortishi O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolardan suv olinishini kamaytiradi. Buning natijasida qurg‘oqchilik va cho‘llanish jarayoni yanada kuchayib ketishi hamda aholi turmush darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

    2030-yilga borib, O‘zbekistonda 7 milliard kub metr suv tanqisligi kuzatilishi va oqibatda mamlakat dunyodagi suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi ehtimoldan yiroq emas.

    Bunday sharoitda Amudaryo va Sirdaryo havzalari quyi oqimida joylashgan hududlardagi eng ko‘p suv sarflanadigan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i (jami suvning 90 foizi) katta zarar ko‘radi. 

    Shu sababli, Qoraqalpog‘iston hamda Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni bosqichma-bosqich suvni kam talab qiladigan ekinlarga almashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 tonna soya ishlab chiqarish uchun 4 124 kub metr va shuncha qoramol go‘shtini etishtirish uchun 15 500 kub metr, 1 tonna guruch yetishtirish uchun 3 082 kub metr, 1 tonna bug‘doy yetishtirish uchun esa 2 375 kub metrgacha suv sarflanadi.

    Suv tanqisligi ta’sirini yumshatish maqsadida qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarning suv iste’moli darajasi o‘rganib chiqildi. 

    Jumladan, suvni kam talab qiluvchi 1 tonna kovul (kapers) yetishtirish uchun 500 kub metr, cho‘l jo‘xorisi (helictotrichon desertorum, yem-xashak) yetishtirish uchun 700 kub metr, 1 tonna qo‘y va echki go‘shtini ishlab chiqarish uchun esa 1500 kub metrgacha suv sarflanadi. 

    Demak, ular yuqorida qayd etilgan suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarga nisbatan 10 baravar kam iste’mol qiladi. Shuningdek, mosh, loviya, no‘xat va qizil loviya (fasol) kabi qurg‘oqchilikka chidamli dukkakli don ekinlarini ekish maqsadga muvofiq. 

    O‘zbekistoning sug‘orilmaydigan cho‘l hududlarida qurg‘oqchilikka chidamli va bozorbop kovul (kapers) yetishtirib, uning eksportini keskin oshirish imkoniyatlari mavjud.

    Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ushbu mahsulotning eksporti hajmi 2,3 ming tonnadan (3,8 mln doll) 3,3 ming tonnaga (5,3 mln doll) ortgan. Kapersning qariyb 80 foizi Jizzax viloyatining lalmi maydonlarida yetishtirilmoqda.

    Tadqiqot natijasida, qurg‘oqchil hududlarda kam suv talab qiluvchi kovul (kapers, ozuqabop va farmatsevtikada foydalaniladi), tipchoq (Festúca valesiáca, yem-xashak uchun), qo‘ng‘irbosh (myatlik, yem-xashak uchun), cho‘l jo‘xorisi (helictotrichon desertorum, yem-xashak uchun) cho‘l-dasht solyankasi (salsola collina, farmatsevtikada foydalaniladi), soyali sparja (fuchju, ozuqabop ekin) kabi ekinlarni joylashtirish imkoniyatlari borligi aniqlandi.

    Avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlari 2050-yilga borib suv tanqisligiga duch kelishi haqida xabar berilgandi.

    18.05.2023, 19:00   Izoh (0)   9153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.