• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa

    “Imkoniyatlaringizdan to‘g‘ri foydalana biling”. Nyu-Yorkdagi nufuzli konsert zalida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik pianinochi Maftuna Tolipova bilan suhbat

    “Daryo” “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida xorijda o‘qiyotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizning hayotini yoritishda davom etadi. Loyihaning bu galgi qahramoni — AQSHdagi Interlochen Arts Academy va Nyu-Yorkdagi konservatoriyada tahsil olgan, hozirda o‘z shogirdlariga fortepianodan saboq berayotgan ko‘plab xalqaro musiqiy tanlovlar g'olibasi Maftuna Tolipova. 

    Maftuna Tolipova Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirda AQSHning Nyu-York shtatida istiqomat qiladi. U ijodiy faoliyati davomida ko‘plab nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Maftuna Tolipova 5 yoshidan Toshkent shahrida joylashgan Uspenskiy maktabida tahsil olgan. Hozirda Nyu-yorkdagi Carnegie Hall konsert saroyida faoliyat yuritib, shogirdlariga musiqiy ta’lim bermoqda. 

    “Men oila a’zolarimdan, ota-bobolarim va buvilarimdan juda faxrlanaman”

    Mening ismim Maftuna Tolipova, Toshkent shahrida tug‘ilib o‘sganman. Ziyolilar oilasidanman. Oilamiz katta emas. Oila a’zolarim iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim, qurilish, biznes, san’at va madaniyat sohalarida tanilgan insonlar. Men oila a’zolarimdan, ota-bobolarim va buvilarimdan juda faxrlanaman. Oilada 3 ta qizmiz. Men kenjatoy qiz va erkatoy nabiraman. Bizni tarbiya qilishda buvalarim bilan buvilarimning hissalari katta, ota-onam ishda bo‘lishgani sababli bolaligimiz ular bilan o‘tgan. Ular bizga ilm va mehnatga muhabbatni, jamiyatga foyda keltirishni uqtirgan, mustaqil, kreativ fikrlashga o‘rgatgan.

    Foto: Maftuna Tolipovaning shaxsiy arxividan 

    Bolalik xotiralarim buvim bilan bog‘liq

    Bolaligimdagi eng yaxshi xotiralarim oilamiz bilan, ayniqsa, buvim bilan bog‘liq. Ular judayam oliyjanob inson bo‘lgan. Hamma joyda – oilada, ishda, mahallada, maktabimda ham hurmatlari judayam baland bo‘lgan. Ko‘pchilik bizning uyga ulardan maslahat olgani va suhbatlashgani kelardi. Buvim haftada ikki marta: payshanba va yakshaba kunlari hamma yaqin qarindoshlarni yig‘ib osh qilardi. Hammamiz, katta-yu kichik oila davrasida yig‘ilib oxirgi yangiliklar bilan bo‘lishardik. Hozir eslasam shu oila yig‘inlarida esda qolgan xotiralarimdan va o‘rgangan narsalarimdan juda xursand bo‘laman. Eng yaxshi ko‘rgan taomim osh bo‘lib qolgan. Chunki bu taom menga baxtli bolalik xotiralarimni eslatadi.  

     Musiqaga qiziqish bolaligimda paydo bo‘lgan

    Menda musiqaga va san’atga qiziqish bolaligimdan paydo bo‘lgan. Bunga, menimcha, oilamizdagi ijodiy va yaratuvchilik muhiti sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Musiqaga qiziqishimni ko‘rgan oila a’zolarim yoshligimdan qo‘llab-quvvatlashgan, ayniqsa, buvam qobiliyatimga qattiq ishongan va hozirgi kungacha ham hamma qilayotgan ishlarimga ko‘maklashadi. Bolaligimda opalarim har xil musiqa asboblarida klassik va milliy kuylarni chalishar edi. Men bundan juda ta’sirlanib, ularga o‘xshab chalishni juda ham xohlardim. Shu sababli 5 yoshimdan boshlab Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida tahsil olishni boshlaganman. Mening ustozlarim — Jannat Sabitovna va Gulnora Xurshidovna, ular yuqori darajadagi musiqashunos va yaxshi inson bo‘lgan. Ular menda san’at va musiqaga bir umrlik mehrimni shakllantirgan, shu sababli ulardan judayam minnatdorman.

    Foto: Maftuna Tolipovaning shaxsiy arxividan 

    “Festival tashkilotchilaridan olgan javob xatim hayotimdagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘lgan”

    Oilamiz juda ham mehmondo‘st, shu tufayli uyimizga ko‘p mehmonlar kelardi, ularning orasida chet ellik mehmonlar ham bo‘lar edi. Uydagilar ularga bizning boy tariximizni, o‘zbek madaniyati va urf-odatlarini gapirib, taomlarimiz bilan mehmon qilishardi. Men ularga fortepianoda o‘zbek musiqalaridan ijro etib berardim.  Bir kuni uyimizga AQSHdan mehmonlar kelganda, ulardan bir ayol: “Maftunaning o‘zgacha iste’dodi bor, yozda yurtimizda nufuzli san’at festivali bo‘lib o‘tadi. Bu festival musiqa sohasida ham ta’lim olishga yangi imkoniyatlar yaratib beradi. Qatnashish imtihoniga topshirib ko‘ringlar”, deb maslahat berdi. Men o‘sha paytda sakkizinchi sinfni bitirayotgandim, ingliz tilida hali yaxshi gaplashmas edim, biroq bu festivalga juda qiziqib qolgandim.

    Festival haqida hamma ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib, uydagilarga borish istagini bildirdim. Ular meni qo‘llab, ijro qilgan musiqalarimni video shaklida yozib, festival hay’atiga jo‘natishga yordam berdi. Men tanlov javobini intizorlik bilan kutganman. Olgan javob xatim hayotimdagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘lgan. Xatda menga festivalga taklifnoma bilan qatnashish xarajatlarini qoplaydigan grant mablag‘i taqdim qilingan edi. Oila a’zolarimning ko‘magida oyim bilan birgalikda 2012-yilning yozgi ta’tilida AQSHga borganmiz. O‘sha yoz mening musiqa va san’atdagi dunoyqarashimni har taraflama boyitdi va menga yangi imkoniyatlarni yaratdi. Festivalda qatnashgan AQSHdagi nufuzli musiqa akademiyasi menga o‘qishimni shu yerda davom ettirishni taklif qildi. O‘sha vaqtda hali chet elda o‘zim yashab o‘qishga tayyor emas edim.

    Foto: Maftuna Tolipovaning shaxsiy arxividan 

    Toshkentga qaytib, ingliz tilini yaxshiroq o‘rgana boshladim

    Toshkentga qaytganimdan keyin ingliz tilini va boshqa fanlarni ingliz tilida tushunishga, mukammal o‘rganishga kirishdim. Ikki yildan so‘ng AQSHdagi Interlochen Arts Academy’ga kirib, o‘qishimni davom ettirdim. Bu akademiyani tugatgach, Mannes School of Music, Nyu-Yorkdagi konservatoriyada bilim olib, 2022-yilda Musiqa magistri unvoniga sazovor bo‘ldim. 

    Konservatoriyada o‘qiyotgan vaqtimda ish faoliyatimni boshlashga ruxsat berilgan edi. Men bu imkoniyatdan foydalanib, tajribamni san’at va ta’lim sohasida boyitdim. Ko‘p konsertlarda qatnashib, klassik va o‘zbek musiqa asarlarini ijro etdim hamda musiqa fanidan va fortepianodan dars berdim. O‘quvchilarim ko‘p, ular orasida yoshi kattalari ham, juda kichik bolalar ham bor.  Men ularning qobiliyatlariga qarab o‘quv dasturini tayyorlayman, ulardagi musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishni boyitib, ijro mahoratini yaxshilashga harakat qilaman.

     

    Olayotgan bilimlarim bilan O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shmoqchiman

    Foto: Maftuna Tolipovaning shaxsiy arxividan 

    Hozirda Nyu-yorkdagi Carnegie Hall konsert saroyida ishlayman. Asosiy maqsadim taniqli san’at va musiqa arboblar bilan muloqatda bo‘lib, ish o‘rganish va malakamni oshirish. Xususan, men o‘quvchilarni tajribali va iste’dodli musiqiy jamoalar bilan bog‘lab, ularga muhim musiqiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beruvchi dasturni amalga oshirishga yordam berib kelyapman.

    Oilamdan va Toshkentimdan uzoqda bo‘lsam ham, amalda bu yiroqlikni sezmayman. Hozirgi kunda rivojlangan axborot texnologiyalari tufayli men oila a’zolarim, qarindoshlarim va Toshkentdagi do‘stlar bilan yaqin aloqadaman. Uydagilar bilan har kuni muloqot qilaman, Toshkentga ham tez-tez borib turaman, oilamizdagi katta tadbirlarning hammasida ishtirok etaman, qarindoshlarim va tanishlar ham Nyu-Yorkka kelsa, albatta, uchrashamiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kuchli sog‘inch hissiyotlari menda kam bo‘ladi.

    Hozirgi kunda musiqiy ta’lim sohasida tajribamni oshiryapman, yangi ta’lim uslublarini o‘rganib, yangi izlanishlar ustida ishlayapman. Kelajakda orttirgan tajriba, bilimlarimni hamda xalqaro mutaxassislar bilan hamkorliklarimni  O‘zbekistonda qo‘llash  niyatim bor, shuning uchun ham Toshkentda opalarim bilan innovatsion biznesga qo‘l urganmiz. Ishonamanki, xalqaro bilimim va tajribam vatanimning kelajak avlodlari rivojlanishiga ko‘mak bo‘ladi.

    Ko‘p mamlakatlarga konsert bergani borganman, Filippin, Ukraina, Malayziya, Xitoy va Italiyada bo‘lganman. Har bitta mamlakatning o‘z tarixi va madaniyati bor. Men ularni o‘rganib tushunishga harakat qilaman, sababi bu juda qiziq. O‘quvchilarim har xil millat vakillari, ularning urf-odatlarini va madaniyatini tushunish, muloqot qilish yaxshi ishlashga yordam beradi. Albatta, har bir mamlakatlarning turli xil taomlarini tatib ko‘rish, bilish juda qiziqarli.

    Foto: Maftuna Tolipovaning shaxsiy arxividan 

     Ayollar albatta ilmli bo‘lishlari kerak

    Har bir ayol baxtga sazovor, chunki ayol baxtli bo‘lsa jamiyat ham baxtli bo‘ladi. Biroq baxtni har kim har xil tushunadi.  Ayol to‘liq baxtli ekanini his qilishi uchun ilmli bo‘lishi kerak, bir xil sharoitlarda ayollar bor baxtining qadriga yetmaydi. O‘ylaymanki, agar ayol o‘zi uchun baxt nimaligini tushunib shu baxtni qurishga harakat qilsa, uning jamiyatdagi o‘rni ham ijobiy bo‘ladi. Bu masalada san’at va musiqa sohasidagi ayollarni ko‘p o‘ylayman.

    Chunki bu sohada rivojlanib ishlash oson emas, ko‘p ayollarimiz sohadagi oliy ma’lumotni qo‘lga kiritganidan keyin ayollarga mos ish topish imkoniyatlari bilan cheklanadi. Mening biznes rejalarim ayollarimizga ko‘proq imkoniyatlar yaratib, rivojlanishida va oila bilan jamiyatga foyda keltirishda eshik ochadi. Chunki ayol va san’at bir-biriga bog‘liq narsa, bular inson madaniyatini va dunyoqarashini har jihatdan ijobiy tarafga o‘zgartiradi.  Bu o‘zgarishlarni ayollar qilsa, samarasi kattaroq bo‘lishiga ishonaman.

    Foto: Maftuna Tolipovaning shaxsiy arxividan 

    San’at va ta’lim sohasida yutuqlarim bor, biroq katta muvaffaqiyatlarim hali oldinda. Yoshligimdan ilm va tajriba insonni muvaffaqiyatga eltuvchi omil ekanligiga o‘rgatishgan, men buni o‘zimning hayotimdan ham bilaman. Shuning uchun ishonchim komilki, izlanishlarim va boshlagan loyihalarim kelajakdagi yutuqlarga erishishimga yordam beradi. Tengdoshlarim va yoshlarga tavsiyam har qanday imkoniyatdan foydalaning, boshqalarga ham imkoniyat yaratishga harakat qiling.

    31.05.2023, 16:09   Izoh (0)   6979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.