Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko‘rgan hududlarga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yuboriladi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan turk xalqiga Oʻzbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSIAD nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.

Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.

Gumanitar yordam berish istagida bo‘lganlar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 30-uyda joylashgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti texnoparkiga tashrif buyurishlari mumkin (joylashuv).

Yuboriladigan zarur mahsulotlar 8-fevraldan boshlab har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+99878) 150 60 06. Qisqa raqam: 1094

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »