Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 24-fevral kuni ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan Buxoro viloyatida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilish davomida Buxoro viloyatida o‘tgan hisobot davrida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari hamda jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama etilgan.

Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilingan.

Viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida har bir tuman-shahar IIB boshliqlari va mazkur hududlarga biriktirilgan viloyat IIB rahbar xodimlari tomonidan mahallalarni jinoyatlardan holi hududlarga aylantirish, aholini rozi qilish, ularning murojaatlari yechimiga eʼtibor qaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Shuningdek, yig‘ilishdan O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan polkovnik Shuhrat Aliyev Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani eʼlon qilingan. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Mirjamol Miralimov tayinlangan.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlariga ko‘magi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Shu bilan birga, yig‘ilishda yangi tayinlangan viloyat IIB rahbariga aniq topshiriqlar berilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 22-fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »