Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainalik harbiy ekspert Oleg Jdanov urushning ikkinchi yili 2023-yil qishidagi kabi xarakterga ega bo‘lishini prognoz qildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Foto: AP Photo

Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jang maydoniga minimal miqdordagi zarur jihozlar bilan ta’minlangan “tirik o‘ljalar”ni tashlashda davom etadi. Bundan tashqari, Rossiya hujum operatsiyalarini o‘tkazishga harakat qilishi prognoz qilinmoqda. Bu ukrainalik kuchlar qurollar sonini oshirib, qarshi hujumga o‘tgunga qadar davom etishi mumkin. Shu bilan birga, 2023-yil davomida Rossiya Ukraina frontiga yuborish uchun yana bir millionga yaqin askarini safarbar qilishga harakat qilishi ilgari surilgan.

Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ukrain armiyasi Rossiyaga qarshi hujumni boshlashi uchun bir necha oy kerak bo‘lishini ma’lum qildi. U bu fikrini G‘arb va’da qilgan tanklar va boshqa harbiy texnikalar Ukrainada darhol paydo bo‘lmasligi, ukrainalik askarlar undan foydalanishga o‘qitilishi uchun ham vaqt kerakligini bilan izohladi.

Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi tomonidan yangi keng ko‘lamli hujumni boshlash imkoniyati aynan ekipajni tayyorlash vaqti va texnikaning yetib kelishiga bog‘liq.

“Buning uchun vaqt kerak. Bir necha oyda to‘liq tayyor bo‘lish haqida gap ketyapti. Keyin esa Bosh shtab qarori bilan ma’lum voqealar sodir bo‘ladi", — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »