Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Million” kulgi jamoasi sardori Davron Kabulov madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bilan o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etib, sanʼatkorlarning muammolari haqida o‘z mulohazalarini aytib o‘tdi.

— Ayni kunlarda biz sanʼatkorlarga Madaniyat va turizm vazirligidan va “O‘zbekkonsert” davlat muassasidan amaliy yordam kerak. Oramizda “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyiga konsert berish bo‘yicha ishi tushganlar bor. 2021-yilda saroyning bir kunlik ijara puli 25 mln so‘m edi. 2022-yilda bu summa 40 mln ga chiqdi. Hozir esa saroyning kunlik ijarasi 65 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bir yarim yil ichida ijara puli deyarli 3 barobarga oshdi. Bu masalada saroy direktori Isroil aka bilan bir necha marta suhbatlashdim. U inson saroyning kommunal to‘lovlari oshganini sabab qilib ko‘rsatdi. Bilmadim, saroyga kuniga shuncha kommunal to‘lov to‘lanadimi yoki yo‘q. 

Konsert berish tizimi juda achinarli ahvolda. Qo‘pol qilib aytganda, “O‘zbekkino”ni jonlantirish bo‘limidan o‘lik holda olib chiqib ketishdi. Uni “jonlantirish” uchun 100 milliardlab subsidiyalar ajratilmoqda. Endi navbat konsert tizimiga ketyapti, uning ahvoli ham kundan kunga yomonlashmoqda. Agar vaqtida chora ko‘rilmasa, jonlantirish uchun ajratiladigan mablag‘larning hech qanday foydasi bo‘lmaydi. Bizga hozir yordam kerak. 

Kuz oyida 20 ta konsert tashkiloti konsert bersa, ularning 19 tasi zarar bilan ishni yakunlayapti. Pandemiya davriga qadar O‘zbekistonda eng ko‘zga ko‘ringan 60 ta konsert tashkilotchilari bo‘lsa, hozir ularning bor-yo‘g‘i 20 tasi faoliyat yurityapti. Chunki zararga hech kim konsert qilishni istamaydi. Saroy ijara narxini tushirish bo‘yicha bizga amaliy yordam kerak. Bu haqda kamida 3 ta mutasaddi rahbarga murojaat qildik. Ammo hech qanday o‘zgarish sezilgani yo‘q, — deydi “Million” kulgi jamoasi sardori Davron Kabulov.

Davron Kabulov diniy eʼtiqod ayrim xonandalarning biznesiga aylanib qolayotgani va islomiy to‘ylarni o‘tkazish uchun atayin “o‘ranayotgan” sanʼatkorlar haqida eshitgani haqida ham aytib o‘tdi.

—  Diniy eʼtiqod ayrimlarning biznesiga aylanib qolyapti. Ommaning eʼtiborini tortish uchun undan ham foydalanishimiz kerak emas. Yaqinda sanʼatkor qizning gaplarini eshitib, dahshatga tushdim. U “Bir haftadan keyin o‘ranaman, undan keyin barcha islomiy to‘ylar meniki”, dedi. 
Eʼtiqod masalasida hech qanday qarshiliklar yo‘q, ammo targ‘ibot masalasi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Yoshlarimiz noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketyapti deb ko‘p aytishadi. To‘g‘ri yo‘lni bilmagandan keyin noto‘g‘risidan yuradi-da. 
Yana bir iltimosim bor. Bilmadim, bu mantiqan qanchalik to‘g‘ri. Ammo soqol masalasida ham bir to‘xtamga kelinishi kerak. Yaʼni eʼtiqod yo‘lida soqol qo‘yayotganlar bor, ammo undan imij uchun foydalanadiganlar ham bor. Masalan, Farrux Zokirov va G‘iyos Boytoyevni mo‘ylovsiz tasavvur etolmayman. Ammo Shohruxxonning yakkaxon konsertida uning soqolini oldirishdi. Ammo u ham taniganimizdan beri shu imijiga sodiq. Sizlardan iltimos, sanʼatkorlarni qo‘rqitib qo‘ymaylik, — deydi Davron Kabulov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »