Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chegaralarni kuch bilan o‘zgartirish mumkin emas va g‘arb davlatlari Ukrainani u o‘z mudofaasini ta’minlay olishi uchun qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq mojaro uzoq vaqtga cho‘zilib ketishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Kotsbus aholisi bilan suhbatida ma’lum qildi, deb yozadi Berliner Zeitung.

Foto: Reuters

“Bu yana uzoq vaqt cho‘zilishi mumkinligidan xavfsirashimiz kerak, albatta, biz har kuni barchasi aksincha bo‘lishini xohlayapmiz”, — deydi kansler suhbat davomida.

Süddeutsche Zeitung nashrining yozishicha, uchrashuvga tashrif buyurgan fuqarolardan biri Sholsga murojaat qilib, AQSH borasida “Germaniya suveren emas, balki vassal davlat” ekani, chunki Berlin Vashingtonning Iroq va Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalariga qarshilik bildirmaganini aytgan.

“Men sizni haq deb o‘ylamayman”, — deya javob qaytargan Shols.

U Germaniya hukumati AQSHning 2003-yilda Iroqqa hujumini keskin qoralaganini eslatib o‘tgan. Shuningdek, Germaniya kansleri Rossiya o‘z “imperializmini” AQSHning oldingi xatolari orqali oqlashi kerak emasligini ta’kidlagan.

Avvalroq Polsha va Germaniya siyosatchilari o‘rtasida Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi. Berlin rasmiylariga ko‘ra, tanklar va qurol-yarog‘lar bo‘yicha kelishmovchilikdan tashqari, ikki tomonlama hamkorlik silliq kechmoqda. Polsha rahbarlari jangovar tanklarni frontga jo‘natishni kechiktirishda ayblab, Berlinga “hujum qilish” imkoniyatini qo‘ldan boy bermayotgani keltiriladi. Xususan, Polsha rahbari Anjey Duda eski Leopard tanklari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishdagi muammolar sababli Germaniyani tanqid qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »