Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chexiyaning Litomeritsa shahridagi otxonadan Ramzan Qodirovga tegishli ot o‘g‘irlab ketilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Checheniston rahbari mazkur holatga munosabat bildirib, o‘g‘irlangan otning qiymatini e’lon qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lum qilinishicha, Ramzan Qodirov aktivlarining bir qismi sifatida sanksiya ostida bo‘lgan “Zazu” laqabli zotdor ingliz otining qiymati kamida 10 million dollarni tashkil etadi.

OAV, rasmiylarning aytganidan kelib chiqib, uning narxini 18 ming dollar deb baholadi. Shubhasiz, bu otni saqlash va parvarish qilish uchun mas’ul bo‘lganlarning moliyaviy firibgarligi bilan bog‘liq sun’iy ravishda past baholashdir, zotdor ‘Zazu’ kamida 10 million dollar turadi, — deydi Qodirov.

Checheniston yetakchisi otning bu darajada oson o‘g‘irlab ketilganidan hayron qolganini aytgan. U qo‘riqchilar va “jasur politsiya” qayerga qaraganini so‘ragan. “Bizning respublikamizda hatto mashinaning eshiklarini tunda ochiq qoldirib ketish mumkin, bu yerda esa sanksiyaga uchragan otni kimdir otxonadan olib ketyapti, huquq-tartibot idoralari xodimlari esa bundan bir necha kun o‘tib xabar topmoqda”, — deb yozadi Qodirov. Shuningdek, u mazkur holatda “tasodifga” ishonmasligini qo‘shimcha qilgan.

Ramzan Qodirovning aytishicha, “Zazu” 2014-yilgi sanksiyalarning “birinchi qurboniga” aylangan. O‘shanda Yevropa Ittifoqi tomonidan Qodirovga qarshi sanksiyalar joriy etilgandi. 2017-yilda u otdan sanksiyalarni olib tashlashga uringanini, biroq buni uddalay olmaganini ma’lum qilgan.

Otning laqabi “Zazu” bo‘lib, 16 yoshda bo‘lgan. Maxsus belgilar orasida politsiya uning peshonasida oq qashqa borligini va orqa o‘ng oyog‘ining bir qismi ham oq bo‘lganini aytdi. O‘g‘irlangan ot 2012-yilda Germaniyaning WH Sport International otxonasidan sotib olingan. Ayg‘ir 36 ta poygada qatnashib, shulardan to‘qqiztasida g‘alaba qozongan va 1,2 million yevrodan ortiq daromad keltirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »