Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2” loyihasini amalga oshirish uchun 12 million AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qulladi. Loyiha mamlakatda ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkonini beradi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, u “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hukumat rejalarini amalga oshirish va energetika sohasida dekarbonizatsiyalash (karbonat angidrid gazi emissiyasini kamaytirish) jarayoniga hissa qo‘shadi.

2019-yilda O‘zbekiston Jahon banki guruhining Scaling Solar (“Quyosh energetikasini kengaytirish”) dasturiga qo‘shilgan. Ushbu dastur doirasida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektrostansiyasini ishga tushirgan “O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-1” loyihasi amalga oshirilgan.

Bu elektrostansiya loyihani amalga oshirish uchun tender orqali tanlangan xususiy kompaniya tomonidan qurilgan va boshqariladigan O‘zbekistondagi birinchi yirik ko‘lamli qayta tiklanuvchi energetika obyekti bo‘ldi. O‘sha vaqtda Jahon banki ushbu stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun bank kafolatini, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) esa tenderni tashkil etish bo‘yicha maslahat xizmatlarini va loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishni taqdim etgan (IFC va Jahon banki JBG tarkibiga kiradi).

Yangi “O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2” loyihasi Navoiy viloyatidagi yuqorida tilga olingan loyihaning muvaffaqiyatiga tayanadi. U O‘zbekistonning ikki viloyatida umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini ishga tushirish orqali energiya ishlab chiqarish hajmini oshiradi.

O‘zbekistonda 2021-yilning may oyida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita yangi quyosh elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik doirasida qurish bo‘yicha tender g‘olibi e’lon qilingadi.  BAAning qayta tiklanadigan energiya sohasidagi Masdar kompaniyasi mamlakatda va Markaziy Osiyo mintaqasida elektr energiyasi ishlab chiqarishga eng past tariflarini taklif qilgan.

Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi quyosh elektrostansiyalari yiliga 1,1 milliard kilovatt-soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning ishlashi tufayli yiliga o‘rtacha 110 ming tonna yoki ularning butun xizmat davri davomida jami 3,4 million tonna karbonat angidrid emissiyasining oldi olinadi.

Ushbu loyiha “Quyosh energetikasini kengaytirish” dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Uning doirasida avvalroq IFC tender o‘tkazish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatgan, Jahon banki esa stansiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha jami 12 million dollargacha bo‘lgan (har biri uchun 6 million dollardan) majburiyatlarni bajarishi uchun bank kafolatlarini taqdim etadi.

Quyosh elektrostansiyalarini ishga tushirish uchun Masdar loyiha kompaniyalariga o‘z kapitalidan 193 million dollar investitsiya kiritadi. Masdar, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki hamda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 216 million dollar qarz mablag‘larini jalb qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 16-noyabr kuni Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan uchrashuv o‘tkazgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »