Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 5 yilda — 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 30 mingga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 45 927 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar sonini 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga ko‘paygan.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:   

  • 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar;
       
  • 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar;
       
  • 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar; 
       
  • 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar;  
       
  • 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar.

Avvalroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Vazirga murojaat” portali ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »