Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 14-martda bitkoin 2022-yilning 13-iyunidan beri ilk bor 26 ming dollardan oshdi. Bu haqda “Daryo”ga CoinDesk kriptobirjasidan ma’lum bo‘ldi. 

Foto: CoinDesk

Toshkent vaqti bilan 18:05 holatiga ko‘ra, bitkoin 26 448 dollar bo‘lib turibdi. So‘nggi 24 soat ichida kriptovalyuta narxi 15 foizdan ko‘proqqa o‘sdi.

Bitkoin narxi so‘nggi 4 kun ichida ketma-ket o‘sib bormoqda. O‘sish ko‘rsatkichi — 28 foiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi so‘nggi 24 soat ichida 5,8 foizga o‘sib, 1,12 trillion dollarni tashkil etdi.

Taxminlarga ko‘ra, bu AQSH prezidenti Jo Bayden butun bank sektoriga yordam berish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishga va’da berganidan keyin sodir bo‘ldi.

Shuningdek, AQSHdagi Silicon Valley Bank bankrot bo‘lganidan so‘ng, investorlarning moliyaviy tashkilotlardan ko‘ra kriptovalyutalarga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu fonda bitkoin narxi oshmoqda.

Avvalroq bitkoin narxi ikki oy ichida birinchi marta 20 000 dollardan pastlagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »