Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Afg‘onistondagi mahalliy ayol xodimalariga ishlashni taqiqladi. “Bizga turli kanallar orqali taqiq butun mamlakatga taalluqli ekanini xabar qilishdi”, — dedi 4-aprel kuni BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

Foto: AP Photo

Dyujarrik taqiqni “nomaqbul va tushunarsiz” deb atadi hamda bu gumanitar tashkilotlarning ko‘makka muhtoj odamlarga yordam berish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidladi. Avvalroq afg‘on ayollarining BMTda ishlashini taqiqlash faqat sharqiy Nangarhor viloyatiga taalluqli ekani xabar qilingandi. BMT rasmiylari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida 5-aprel kuni Kobulda rasmiylar bilan uchrashishni rejalashtirgan.

2022-yil dekabr oyida “Tolibon” ayollarga nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqlagandi. Ommaviy xalqaro noroziliklardan so‘ng, hech bo‘lmaganda sog‘liqni saqlash sohasida taqiq yengillashtirildi. Shu bilan birga taqiq BMT idoralariga taalluqli emas edi.

2021-yil avgustida hokimiyatga kelganidan beri “Tolibon” Afg‘onistonda ayollarga nisbatan bir qator diskriminatsiya cheklovlarini qo‘ygan. Bundan tashqari, musiqa, ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlar qonundan tashqari deb topilgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »