Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning G‘azni viloyatida giyohvandlik bilan kasallanganlarni davolash markazidan chiqqan odamlar u yerda sharoit yo‘qligidan shikoyat qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Davolanib chiqqan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, davolanish vaqtida ularga faqat uyqu preparatlari berilgan. Bunday dorilarni qabul qilganlar orasida yaqinda davolanib chiqqan 25 kishi bor, ular 45 kunlik davolanish muddatini tugatgandan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan.

Giyohvandlar avval ham ushbu markazda bir necha marta davolangan bo‘lsa-da, bu odamlarning aksariyati tanaffusdan so‘ng ish bilan ta’minlanmagani uchun yana giyohvandlikka bog‘langan.

Daily Mail nashri “Tolibon” uysiz giyohvandlarni yig‘ib, ularni davolash uchun uch oyga kasalxonalarga qamab qo‘yishini ma’lum qilgandi. Xususan, Kobuldagi kasalxonalarda giyohvandlar og‘ir sharoitda yashashi: bitta karavotda uch kishi bo‘lib yotishi, ba’zilari o‘t yeyishga majbur bo‘lishi keltirilgan.

Shuningdek, nashr kasalxonadan chiqqan bemorning so‘zlariga tayanib, odamlar mushuklarni yeb, kannibalizmga (biologiyada hayvonlarning oziq yetishmovchiligidan o‘z turidagilarni yeyishi yoki odam go‘shtini odam yeyishi) o‘tishga majbur bo‘lganini xabar qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” harakati rahbari mulla Haybatulla Oxundzoda Afg‘onistonda marixuana yetishtirishni taqiqlagan. Qonunga bo‘ysunmaganlarni sudga taqdim etish buyurilgan. “Tolibon”ning sud muassasalariga ham qonunbuzarlarni shariat asosida jazolash topshirilgan.

Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun va kannabis yetishtiruvchi davlatlardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud emas. BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2009-yilda Afg‘onistonda nasha yetishtirish uchun mamlakatning 17 viloyatida 10 mingdan 24 ming gektargacha maydonlar ajratilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »