Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan vayner Farhod Mannopov 5-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Yuz.uz” nashrining Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib yozishicha, Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari maʼlum bo‘lgan.

Tekshirishda bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat ko‘rsatishda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan yagona nizomda belgilab berilgan bir qator litsenziya talab va shartlari buzilgan.

Xususan, Farhod Mannopov operatsiya qilingan Star Med Center klinikasida bemorga anesteziolog va reanimatolog sifatida xizmat ko‘rsatgan shifokor J.Q.da malakaviy toifa bo‘lmagan. Anesteziolog va reanimatolog shifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovchi amaldagi hujjat taqdim etilmagan.

Tibbiy faoliyat litsenziyasi talab va shartlariga vrach-mutaxassislarda tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy maʼlumot va malakaviy toifa hamda malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat mavjud bo‘lishi shart.

Xuddi shunday, Farhod Mannopovning plastik jarroh shifokori ham yetarli tajribaga ega emas bo‘lib chiqqan.

“Gap shundaki, Mannopovga operatsiya vaqtida plastik jarroh shifokori sifatida xizmat ko‘rsatgan shifokor E.A. Andijon davlat meditsina institutining davolash ishi, umumiy amaliyot shifokori yo‘nalishini 2019-yil 17-iyunda tugatgan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur mutaxassisning ish staji besh yil bo‘lmagani uchun undan davolash ishi, umumiy amaliyot shifokori yo‘nalishida tibbiy faoliyat yuritishi, shuningdek, plastik jarrohlik bo‘yicha ambulator sharoitda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun malaka toifasiga ega bo‘lishi talab etilmagan. Biroq u bemor Mannopovga tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun kamida birinchi malakaviy toifaga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Lekin “Omad Plyus” MCHJ tomonidan plastik jarroh shifokori E.A.da malakaviy toifasi bo‘lmagan bir vaziyatda bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, bosh va burun sohasidan jiddiy jarohat olgan blogerga tibbiy xizmat ko‘rsatgan laborant shifokor J.Sh. hamda ultratovush tekshiruvlari shifokori R.S.ning o‘zlari faoliyat yuritayotgan tibbiy ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy toifalarini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlar tekshiruvda taqdim etilmagan.

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli vayner Farhod Mannopov 5-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura blogerning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olingani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »