Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter egasi Ilon Mask Rossiya sobiq prezidenti va amaldagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Ukrainaning “yo‘q bo‘lib ketishi” haqidagi postini o‘chirishdan bosh tortdi.

Mask Rossiya sobiq prezidentining postini “genotsidga chaqiriq” deb hisoblagan foydalanuvchilardan birining tvitiga shunday javob bergan. “Barcha yangiliklar u yoki bu darajada propoganda. Odamlarning o‘zi qaror qilsin”, — deydi u.

Maskning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni Ukrainaga yordam bergani uchun “harbiy jinoyatchi” deb atagan. “Shunday ekan, u aniq mening yaqin do‘stim emas”, — ta’kidladi tadbirkor.

Yana bir tvitida Mask Twitter Rossiya davlat idoralari akkauntlarini “na rag‘batlantiradi, na cheklaydi” deb yozgan. “Ammo tizimdan aldash uchun foydalanishga urinishlarni tezda to‘xtatamiz. Boshqalar shunday qilayotgani uchun senzura qilish — ojizlik. Ularning matbuoti erkin bo‘lmaganda, bizniki erkin bo‘lishini ta’minlash — kuch namoyishi”, — dedi ijtimoiy tarmoq egasi.

8-aprel kuni Medvedevning Twitter’dagi inglizcha akkauntida Ukrainaning “yo‘q bo‘lib ketishi” haqida post qo‘yildi. Rus tilidagi shunday post sobiq prezidentning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan. Unda Medvedev Ukraina “hech kimga kerak emas” shuning uchun u “yo‘q bo‘lib ketadi” deb yozgan. Uning fikricha, Yevropa, AQSH, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Rossiya va Ukraina fuqarolarining o‘ziga ham Ukrainaning keragi yo‘q.

Aprel oyida jurnalistlar Twitter Rossiya davlat muassasalari akkauntlaridagi cheklovni olib tashlaganini payqashdi, ular qidiruv so‘rovlari va tavsiyalarning yuqori qatorlaridan chiqa boshladi. Xususan, ijtimoiy tarmoq Kreml va Rossiya TIV akkauntlarini tavsiya qilishni boshlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »