Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qurolli kuchlari Qrim bilan ma’muriy chegarada bo‘lganda yoki Krasnoperekopskka kirganda Rossiyaga yarimorolni ozod qilish to‘g‘risida taklif bilan chiqishi mumkin. Bu haqda Zelenskiyning Qrimdagi doimiy vakili Tamila Tasheva ma’lumot berdi.

Foto: Shutterstock

Ukraina hukumati Rossiya armiyasiga yarimorolni qanday tark etishi haqida gapirishni taklif qilishi mumkin.

“Keling kelishamiz, Qrimdan qanday chiqib ketishingiz haqida gaplashaylik. Siz baribir bu yerdan ketasiz, chunki biz allaqachon ta’minot zanjirlaringizni uzmoqdamiz, sizni burchakka haydadik. Har qanday urushlar baribir qandaydir muzokaralar jarayoni bilan tugaydi”, — dedi u.

Tashevaning qo‘shimcha qilishicha, agar dushman bunga intilmasa, Kiyev harbiy yo‘l bilan hududni ozod etishda davom etadi. U hozir bu bo‘yicha muzokara olib borilayotganini aytdi, biroq qarshi hujumda qurbonlarni kamaytirish yo‘li ham ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya prezidenti Lula da Silva jurnalistlar bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Ukrainani egallab ololmasligini va, ehtimol, “Qrimni muhokama qilish arzirli” ekanini aytgandi.

U bu fikrni Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan ham muhokama qilmoqchiligini bildirgan va bu muvaffaqiyatli ekaniga ishonch bildirgan. Braziliya prezidenti Zelenskiyning “istaklarini bajarish” mumkin emasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Shundan keyin Ukraina Qrimni Rossiyaga berish taklifiga munosabat bildirgan. Xususan, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududini savdolashmasligini qayd etgan. “Ukraina yerining kamida bir santimetri” uchun imtiyozlar berishda huquqiy, siyosiy va ma’naviy sabablar yo‘qligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »