Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “VKontakte”da Ukraina Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishini aytdi.

Foto: kremlin.ru

Medvedevning yozishicha, Ukraina “hech kimga kerak emasligi” sababli yo‘q bo‘lib ketadi. Siyosatchi Yevropaga Ukraina kerak emasligi, chunki hozirgi vaziyat “yevropaliklarga haqiqiy moliyaviy va siyosiy do‘zaxni olib kelgani”ni aytdi. U Yevroittifoqida inflyatsiya oshgani, kommunal to‘lovlar ko‘tarilganiga ishora qildi. Medvedev ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash “Yevropaning tanazzuldan qashshoqlashgan shohlarining yakuniy tanazzuliga olib kelishini” aytdi.

Shuningdek, Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari amerikalik soliq to‘lovchilar rasmiylardan nega AQSHdagi inflyatsiya, ish o‘rinlari va boshqalar bilan shug‘ullanmay, Ukrainaga mablag‘ yuborayotganini so‘rashini ta’kidladi.

“Oddiy amerikaliklar Ukraina nima ekanini va u qayerda joylashganini umuman tushunmaydi. Ularning aksariyati xaritada uni ko‘rsatmaydi. Nega Rossiyaning qaysidir noaniq qismi uchun ular bunday noqulayliklarga chidashi kerak? Ertami-kechmi ular bu haqda so‘raydi”, — dedi Medvedev.

Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Ukraina “sun’iy ravishda kesilgan”, XX asrda “tasodifan rad qilingan” hudud. U yerda millionlab “vatandoshlar” istiqomat qiladi, Rossiya esa “maxsus operatsiya doirasida ularni himoya qiladi”.

“Ammo Rossiyaning 1991-yil chegaralaridagi Ukraina deb atalgan qismlari SSSR parchalanishi natijasida yuzaga kelgan tushunmovchilikdir. Shuning uchun bizga Buyuk Rossiya kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Medvedev fuqarolarning o‘zi Ukrainaga muhtoj emasligini, 45 million aholidan 20 millionga yaqini mamlakatda qolganini ta’kidladi.

“Mamlakatda qolgan odamlar tinch va yaxshi ovqatlantiradigan joy bo‘lsa, borishga tayyor. Ukraina fuqarolari ‘bir guruh o‘g‘ri fashist masxarabozlari o‘z offshor hisoblarida o‘g‘irlangan G‘arb pullarini to‘plashi’ uchun uylarini tark etishga, xavotirda yashashga majbur. Nima uchun oddiy ukrainaliklarga bu kerak? Bunday Ukraina sayyoramizda hech kimga kerak emas. Shuning uchun bunday bo‘lmaydi”, — deya xulosa qilgan u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »