Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Filippin tarixdagi eng yirik Balikatan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshladi, unda 17 mingdan ortiq askar ishtirok etadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar Xitoyning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harakatlaridan xavotirlar fonida mustahkamlanmoqda, deb yozadi Reuters.

Foto: Getty Images

Jangovar otishma, desant va aviatsiya operatsiyalari, kibermudofaa va terrorizmga qarshi kurashni o‘z ichiga olgan manyovrlar taxminan uch hafta, 28-aprelgacha davom etadi. Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — “dengizdan zarba berish bo‘yicha qo‘shma taktika va tartiblarni o‘rganish”, deydi Filippin harbiylarining manyovrlariga rahbarlik qiluvchi general-mayor Marvin Likudin.

O‘z navbatida amerikalik general-mayor Erik Ostinning ta’kidlashicha, Balikatan mashg‘ulotlari unda ishtirok etuvchi tomonlarni “chinakam chaqiriqlarga birgalikda javob berish”ga tayyorlaydi. Bundan tashqari, bu hafta Vashingtonda AQSH va Filippin mudofaa kotiblari va tashqi ishlar vazirlarining yetti yil ichida birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Pekin AQSH va Filippinning harakatlarini tanqid qilmoqda

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 10-aprel kuni AQSH—Filippin qo‘shma mashg‘ulotlarini tanqid qilib, ular “Janubiy Xitoy dengizidagi bahslarga aralashmasligi kerak, Xitoyning hududiy suvereniteti, dengizdagi huquq va manfaatlari, shuningdek xavfsizlik bo‘yicha manfaatlariga kamroq zarar yetkazishi shart” deb ta’kidladi.

Shu bilan birga, o‘sha kuni Xitoyning o‘zi Tayvan yaqinida uch kunlik harbiy mashg‘ulotlarni yakunladi, ular davomida aniq zarbalar berish va rasmiy Pekin o‘z hududi deb biladigan orolni blokada qilish amaliyoti o‘tkazildi.

Vashington va Manila o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda

Reuters ta’kidlaganidek, Vashington va Manila o‘rtasidagi munosabatlar Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos davrida sezilarli darajada iliqlashdi — fevral oyida u AQSH uchun Filippindagi harbiy bazalarga kirish imkoniyatini kengaytirgan edi. 

Har yili o‘tkaziladigan Balikatan mashg‘ulotlarining misli ko‘rilmagan darajada kengaytirilishi ikki mamlakat mudofaa aloqalari yaxshilanganini ko‘rsatadi. Markosdan avvalgi prezident Rodrigo Duterte esa, aksincha, Pekin bilan yaqinroq aloqalarni o‘rnatish uchun harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »