Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida shamol elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha tenderning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 megavatt quvvatga ega shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimi (akkumulyator) amalga oshiriladi. Tenderda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi shamol va akkumulyatorlarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurdirish, ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va shartnoma muddati oxirida stansiyani qoldirib ketish yoki buzib, yerni asl holiga qaytarishi lozim bo‘ladi.

Stansiya Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida qad rostlaydi.

Tenderning bu bosqichida birinchi bosqichdagi saralashdan o‘tgan kompaniyalar o‘zlarining texnik, tijoriy va tarif takliflarini taqdim etishadi:

  1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA);
  2. ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni);
  3. Concord New Energy Group Limited (Gonkong);
  4. China Datang Overseas Investment Co. Ltd. (Xitoy) va Goldwind International Holdings (HK) Limited (Gonkong) kompaniyalari konsorsiumi;
  5. EDF Renouvelables S.A. (Fransiya);
  6. Eksim Enerji Anonim Şirketi (JSC Eksim Enerji) (Turkiya);
  7. ReNew Vyan Shakti Private Limited (Hindiston);
  8. Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy);
  9. Voltalia SA (Fransiya).

Tanlov ishtirokchilari o‘z takliflarini 2023-yil 29-iyul Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taqdim etishlari so‘ralgan. Lekin tanlov davomida ishtirokchilarning murojaatlariga ko‘ra, muddat hammaga uzaytirib berilishi mumkin.

Mart boshlarida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida investitsiya va elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida uchta bitim imzolangandi. Bitimlar Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt bo‘lgan uchta energiya saqlash tizimlari joriy etilishini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, O‘zbekiston energetika sektori Fors ko‘rfazidan milliardlab dollar jalb qilmoqda, chunki mamlakat 2030-yilga borib elektr energiyasining 35 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »