Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” hukumati vakillarining aytishicha, yaqin orada Markaziy Osiyo davlatlarini Afg‘oniston bilan bog‘laydigan temiryo‘l loyihasining amaliy ishlari boshlanadi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni o‘z ichiga olgan loyiha xalqaro savdo yo‘llarini ochish va mintaqaviy aloqalarni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

2021-yil fevral oyida sobiq ittifoq respublikalarini Kobul orqali Janubiy Osiyo bilan bog‘lash bo‘yicha temiryo‘l shartnomasi imzolangan edi. Ushbu 573 kilometr uzunlikdagi yo‘l xarajatlari 5,96 milliard dollarga baholanmoqda.

Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi (ARA) shu hafta boshida Afg‘oniston orqali o‘tadigan yo‘lning bir qismi uchun dastlabki tadqiqot ishlari yakunlanganini eʼlon qildi.

ARA rasmiylarining Kobuldagi matbuot anjumanida aytilishicha, tadqiqot O‘zbekiston va Pokiston texnik ekspertlari bilan kelishilgan holda olib borilgan.

Bu temiryo‘l liniyasi O‘zbekistonni Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahri, Kobul va Pokistonning Peshovar shahri bilan bog‘laydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »