Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vakillari yig‘ilishda Pokiston delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Pokiston tashqi ishlar davlat vaziri Hina Rabboniy Kahar Afg‘oniston “jiddiy gumanitar va iqtisodiy inqiroz” xavfiga duch kelayotganini aytdi.

Foto: TOLO news

Kahar “Tolibon” siyosati Afg‘onistondagi inqirozli vaziyatni yumshatish va mamlakatni xalqaro izolyatsiyadan chiqarishda yordam bermayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning noto‘g‘ri qarorlari Afg‘onistonning dunyo davlatlari bilan munosabatlaridagi muammolarni hal qilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

U, shuningdek, kelasi yilda Afg‘onistonga xalqaro yordamning qisqarishi alomatlari borligidan xavotir bildirdi hamda dunyo davlatlaridan Afg‘oniston va “Tolibon”ga nisbatan yondashuvlarini “qayta ko‘rib chiqishni” so‘radi.

Pokiston TIV rahbari “Tolibon”ning afg‘onistonlik ayollarga BMT idoralarida ishlashni taqiqlash haqidagi so‘nggi qarorlaridan birini “nomaqbul” deb atadi va G‘arb davlatlarini “Tolibon” harakati tufayli Afg‘onistonni “unutib yubormaslikka” chaqirdi. Afg‘onistonda ayollarning ishlashi va taʼlim olishiga taqiqlar “Tolibon” va boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda asosiy muammolardan biri bo‘lmoqda, deya qayd etdi amaldor.

Kahar “Tolibon” va dunyo mamlakatlari munosabatlardagi muammolar Afg‘onistondagi gumanitar va iqtisodiy inqirozni yanada kuchaytirayotganini qo‘shimcha qildi. Uning ogohlantirishicha, yaqin kelajakda bu holat afg‘onlarning qo‘shni davlatlarga migratsiyasini kuchaytiradi.

Pokiston “Tolibon” bilan yaqin va strategik munosabatlarga ega bo‘lsa-da, Samarqanddagi uchrashuvda Hana Rabboniy Kahar Pokiston va boshqa qo‘shni davlatlarga Afg‘onistondan “terrorizm tahdidi” bo‘layotganini ta’kidladi.

Avvalroq Pokiston mudofaa vaziri Xavaj Osif “Tolibon” hukumatini agar ular Pokistonga qarshi jangarilar faoliyatini jilovlay olmasa, Afg‘oniston ichidagi terrorchilar boshpanalariga zarba berishi haqida ogohlantirgan edi. “Tolibon” hukumati vazirning bayonotlariga hali javob qaytargani yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »