Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” oliy yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda mamlakatdagi qozilarni xalqqa zulm qilishni to‘xtatishga va “adolatni” ta’minlashga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri.

Foto: BBC

Oxundzoda “zulm va adolatsizlik” davom etsa, bu oxir-oqibat hukumatning qulashiga olib keladi, degan fikrda.

“Tolibon” vakillari tomonidan e’lon qilingan audioda oliy yetakchi qozilardan “Islomning to‘rtinchi xalifasi Hazrati Ali kabi adolat o‘rnatishni” so‘ragan. Uning ta’kidlashicha, faqat adolatgina “hukumatning omon qolishiga ustun bo‘ladi, aks holda mamlakatda qotillik va qasos boshlanishi mumkin”.

“Tolibon” yetakchisining ushbu murojaati harakatning o‘zi tayinlagan qozilarga qaratilgan bo‘lsa-da, “Tolibon” ko‘pincha odamlarni sudsiz hibsga oladi, bu esa xalqaro inson huquqlari qoidalariga zid. “Tolibon” tinch aholini sudsiz o‘ldirish va qamoqxonalarda mahbuslarni qiynoqlarga solishda bir necha bor ayblangan.

Avvalroq Oxundzoda amaldorlarning qarindoshlarini davlat lavozimiga ishga olishini taqiqlovchi farmon chiqargan edi. U barcha amaldorlarga o‘g‘illari va ma’muriyatda ishlayotgan boshqa qarindoshlarini ishdan bo‘shatishni buyurgan.

Mart oyi boshlarida Afg‘onistonda moliya vaziri va “Tolibon” yetakchisi o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgandi. Moliya vaziri Hidoyatulloh Badriy Oxundzodaning harakatlarini ochiqdan ochiq tanqid qilgan. U o‘z so‘zlarini isteʼfoga chiqishga tayyorligi bilan tasdiqlagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »