Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qrimni qaytarib olishning ham harbiy, ham diplomatik yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda, shuningdek, aralash variantni ham istisno etmayapti. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Japarova “Ukrinform”ga ma’lum qildi.

“Menimcha, bugungi kunda bizda ikkita yo‘l bor — ham harbiy, ham diplomatik. Ularning ikkalasi ham dolzarb. Masalan, Xorvatiya 1990-yillarda urush bo‘lganida, o‘z hududining uchdan ikki qismini harbiy yo‘l bilan, uchdan birini esa – diplomatik usulda qaytargan. Qrim Ukrainaning ajralmas qismidir”, — dedi Japarova.

U Qrimni qaytarish masalasini Ukrainaning o‘zi hal qilishini, barcha ittifoqchilar va hamkorlar bunga roziligini aytdi. Tashqi ishlar vazirligi vakiliga ko‘ra, hamma “Qrim sabog‘i”ni o‘rgangan va takrorlashga yo‘l qo‘ymaydi.

“Chunki 2014-yilda biz mamlakat sifatida, butun dunyo hamjamiyati sifatida bu illatni to‘xtata olmadik va u keng tarqaldi. Ayniqsa, Yevropa yetakchilarining barcha diplomatik muzokara va urinishlari Putin tilini topishga qaratilgandi. Putin buni zaiflik deb baholadi va 24-fevral (2022-yil) o‘zining navbatdagi agressiyasini amalga oshirdi”, — dedi Japarova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiyning Qrimdagi vakili Ukraina armiyasi Qrim bilan ma’muriy chegarada bo‘lganda yoki Krasnoperekopskka kirganda Rossiyaga yarimorolni ozod qilish to‘g‘risida taklif bilan chiqishini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »