Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindistonda boyligini ko‘z-ko‘z qilish odatiy hol. Ushbu materialda Hindistondagi eng badavlat odam qanday yashashi va u qanday ajoyib ko‘chmas mulkka egaligi, shuningdek, uning xotiniga tegishli hashamatli zargarlik buyumlari haqida to‘xtalamiz.

Foto: Getty Images

2023-yil mart oxirida Zendayadan tortib Jiji Hadidgacha bo‘lgan mashhurlar to‘satdan Los-Anjelesdan Mumbayga borishdi. Bunga Hindistonning eng boy tadbirkori Mukesh Ambani puliga qurilgan NMACC madaniy markazining ochilishi sabab bo‘lgan.

Mukesh Ambani va uning Mumbaydagi 27 qavatli uyi
Foto: Getty Images

​Hozirda bisnesmenning boyligi 85 milliard dollarga yaqinlashmoqda va tadbirkor boyligini umuman yashirmaydi. U Mumbaydagi 27 qavatli uy egasi bo‘lib, u uchta vertolyot maydonchasi, 168 ta mashina uchun to‘xtash joyi va 50 o‘rinli kinoteatr bilan jihozlangan. Uni qurish uchun Ambani, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan ikki milliard dollar sarflagan. O‘tgan yili biznesmen Dubaydagi xususiy kurorti, ochiq va yopiq hovuzlari bor eng qimmat 10 xonali villani sotib olish uchun 80 million dollar mablag‘ ajratdi. Ambani bu hashamatli saroyni o‘zi uchun emas, balki o‘g‘li uchun xarid qilgani qiziq.

Hindistonning eng boy odami oilasi uchun hech narsani ayamaydi. Misol uchun, 2018-yilda qizining to‘yi munosabati bilan Ambani Gollivud miqyosida ulkan ziyofat uyushtirdi. Unda AQSH prezidentligiga nomzod Hillari Klinton va The Huffington Post bosh muharriri Arianna Haffington ishtirok etdi — kechaning asosiy mehmoni Beyonse bo‘ldi, u yangi turmush qurganlar uchun o‘zining barcha ajoyib hitlarini ijro etdi.

Ambani oilasi a’zolari, 2023-yil
Foto: Getty Images

Ammo Mukesh Ambani nomoddiy va moddiy ekvivalentlardagi boyligidan ko‘ra eng ko‘p e’tiborini 38 yildan beri birga yashab kelayotgan rafiqasi Nitaga qaratadi.

Nita Dalal tijorat sohasida tahsil olgan, ammo maktab o‘qituvchisi sifatida karyerasini boshlashga qaror qildi. Tez orada taqdir uni bo‘lajak milliarder bilan uchrashtirdi. Nita yana bir necha yil o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirdi, lekin egizaklari tug‘ilgandan keyin u o‘zini oilasiga bag‘ishlashga qaror qildi.

Nita va Mukeshning to‘yi, 1985-yil
Foto: Getty Images

Mukesh bilan turmush qurgan yillar davomida uning sevimli ayoli nafaqat uch farzandni tarbiyaladi, balki erini faol qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, uning biznes imperiyasi uchun ijobiy obro‘-e'tiborni yaratishga yordam berdi. Aynan Nita tashabbusi bilan Mukeshga tegishli kompaniyaning neftni qayta ishlash zavodi xodimlari uchun ekologik toza qishloq barpo etildi. Bugungi kunda unda 17 ming kishi istiqomat qiladi va uning asosiy diqqatga sazovor joyi ko‘plab qushlar yashaydigan yuz minglab mango daraxtlari bo‘lgan ajoyib go‘zal bog‘dir.

Nita va Mukesh, 2022 yil
Foto: Getty Images

Nita, shuningdek, erining kompaniyasi qanoti ostidagi Reliance Foundation jamg‘armasiga asos solgan, uning maqsadi Hindistonning turli sohalarda — ta’lim va sog‘liqni saqlashdan madaniyat va qishloq xo‘jaligigacha barqaror rivojlanishdir. Jamg‘arma faoliyati Hindistonda ham, xorijda ham ko‘plab yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan.

Nita va Mukesh Ambani farzandlari bilan, 2010-yil
Foto: Getty Images

Nita tez-tez omma oldida ko‘rinish beradi. Hindistonda imkoni bo‘lgan har bir kishiga o‘zlarining farovonlik belgilarini ko‘rsatish odat tusiga kirgani sababli Mukeshning rafiqasi o‘zini doimo haqiqiy malikadek tutadi. U obrazlarini zargarlik buyumlari bilan to‘ldiradi, uning shaxsiy kolleksiyasida son-sanoqsiz qimmatbaho taqinchoqlar bor. Katta yoqutlar, zumradlar, yorqin olmoslar — hech kim uning barcha zargarlik buyumlarining taxminiy narxini ham hisoblay olmaydi.

Foto: Getty Images

Shuningdek, ayolning poyabzal kolleksiyasi ham e’tiborga loyiq, u ko‘plab hashamatli buyumlarni o‘z ichiga oladi, ularning ba’zilari 500 000 dollargacha turadi. Nima uchun Nitaga bunchalik ko‘p poyabzal kerak? Gap shundaki, u bir marta kiygan poyabzalini ikkinchi marta kiymaydi.

Nita va Mukesh, 2018-yil
Foto: Getty Images

Uning sevimli eri Nitaga zargarlik buyumlari va hashamatli brendlardan tashqari, boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham hadya qiladi. Masalan, u Audi A9 Chameleon sport avtomobilining egasi bo‘lib, uning taxminiy narxi 150 ming dollarni tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »