Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jastin Tryudo, Si Szinpin, Emmanuel Makron va boshqa taniqli xorijiy siyosatchilar qanday rezidensiyalarda yashashi haqida ma’lumot beramiz.

Rishi Sunak: Dauning-strit, 10-uy

Foto: Getty Images

London shaharchasi 1735-yildan beri Britaniya bosh vazirining rasmiy qarorgohi sifatida foydalaniladi. Undan birinchi marta Gaagada xizmat qilgan Jorj Dauning — zamondoshlari “ziqna va qattiqo‘l odam” deb ta’riflangan diplomat foydalangan. Biroq ajablanarlisi shundaki, qurilish paytida ko‘plab qurilish mollarini tejashadi. Hatto binodagi g‘ishtlar ham haqiqiy emas: bu binoga chizilgan naqsh bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Biroq yaxshi joylashuvi tufayli (Parlamentdan atigi bir necha daqiqa uzoqlikda) London shaharchasi siyosatchi va monarxlarning e’tiborini tortdi. U yuqori martabalilarning ehtiyojlarini qondirish uchun bir necha bor ta’mirlangan va qayta qurilgan. Bugungi kunda Dauning-strit 10 hashamatli qarorgohga aylandi, u uchta yashash xonasi, bayramona va kichik yemakxona, katta oshxona, bir nechta yotoqxonalar, terassa va bog‘ni o‘z ichiga oladi.

Katerina Sakellaropulu: prezident saroyi

Foto: Getty Images

Sudya va huquq himoyachisi Katerina Sakellaropulu 2020-yilda Gretsiya prezidenti etib saylandi. U bu mamlakatni boshqargan birinchi ayol bo‘ldi. Uning rasmiy qarorgohi Afina markazida, Gretsiya parlamenti yonida joylashgan.

Foto: Getty Images

Ushbu bino 1897-yilda merosxo‘r shahzoda saroyi sifatida qurilgan, ammo keyinchalik vazifasini o‘zgartirib, qirol oilasining rasmiy qarorgohi bo‘lgan. 1974-yilda esa u Gretsiya prezidentining qarorgohiga aylandi.

Pedro Sanches: Monkloa saroyi

Foto: Getty Images

Bugun Madriddagi Monkloa saroyida nafaqat Ispaniya bosh vaziri, balki Vazirlar Kengashi majlislari ham o‘tkaziladi. Ushbu binoning tarixi XVII asrning oxirida, uning qurilishi tugaganidan keyin boshlangan. U tez-tez egalarini o‘zgartirdi, ammo oxir-oqibat Monkloa saroyini Ispaniya qiroli Karlos IV sotib oldi, uning rahbarligida saroy rekonstruksiya qilindi. Keyingi restavratsiya ishlari Fransisko Franko hukmronligi davrida amalga oshirilgan, chunki fuqarolar urushi natijasida mashhur binodan faqat xarobalar qolgandi.

Foto: Getty Images

2018-yilda Pedro Sanches Ispaniya bosh vaziri lavozimini egalladi. Va uning birinchi qarorlaridan biri Monkloa saroyini keng jamoatchilikka ochish edi. Endilikda har kim hukumat rahbarining qarorgohi bo‘ylab ekskursiyaga yozilishi mumkin.

Lula Da Silva: Alvorada saroyi

Foto: Getty Images

Alvorada saroyi (yoki “Tong saroyi”) — Braziliya prezidentining rasmiy qarorgohi. Uning nomi poytaxtni Braziliyaga ko‘chirishni amalga oshirgan mamlakat rahbari Juselino Kubitschekning iborasidan kelib chiqqan: “Braziliya yangi kunning tongi bo‘lmasa, Braziliyaligi qayerda qoladi?”

Foto: Getty Images

Saroy mahalliy arxitektor Oskar Nimeyer tomonidan loyihalashtirilgan va 1957—1958-yillarda qurilgan. Turar joydan tashqari, konferensiya zali, kutubxona, musiqa xonasi, olimpiya o‘lchamidagi suzish havzasi, ibodatxona, tibbiyot punkti va kinoteatr mavjud. Binoning texnik xodimlari 70 ga yaqin kishidan iborat. Saroyni Prezident gvardiyasi batalyoni qo‘riqlaydi.

Si Szinpin: Chjunnanxay

Foto: Getty Images

Geografik nuqtayi nazardan Chjunnanxay Pekindagi sun’iy ko‘l bo‘lib, Taqiqlangan shahar g‘arbida joylashgan. Biroq, mahalliy aholi buni nafaqat suv ombori, balki XXR oliy hokimiyatlarining qarorgohlari joylashgan qirg‘oq bo‘yidagi kvartal deb ham atashadi. Chjunnanxay tarkibiga Xitoy prezidentining rasmiy saroyi, shuningdek, Dengiz saroylari deb ham ataladigan Sin sulolasining qasrlari kiradi. Bundan tashqari, butun binolar majmuasi Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining shtab-kvartirasi hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Shu sababli Xitoy ommaviy axborot vositalarida “Chjunnanxay” atamasi XXR oliy rahbariyatiga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi (“Kreml” so‘zi Rossiyaning davlat hokimiyatiga nisbatan qanday qo‘llanilishiga o‘xshash).

Emmanuel Makron: Yelisey saroyi

Foto: Getty Images

Dastlab bu ulug‘vor bino graf Evryo va uning rafiqasi uchun zamonaviy turar joy sifatida qurilgan. Ammo 1753-yilda graf o‘limidan so‘ng, uni Lui XV o‘zining suyuklisi Madam de Pompadur uchun sotib olgan. Napoleon I taxtga o‘tirgan vaqtga kelib, saroy sezilarli darajada kengaytirildi va rasmiy prezident qarorgohiga aylandi.

Foto: Getty Images

Zamonaviy Yelisey saroyida turli maqsadlar uchun 350 dan ortiq xona mavjud. Ularning ko‘pchiligi juda original nomlarga ega: Paulin yemakxonasi, Tilla mehmonxona, Pompadur saloni, Gullar saloni, Portretlar saloni. Biroq prezident bu yerga faqat ishlash uchun keladi. Emmanuel Makron va uning rafiqasi binoning chap qanotidagi alohida xonadonda yashaydi

Benyamin Netanyaxu: Beyt Agion

Foto: Getty Images

Isroil bosh vazirining rasmiy qarorgohi Quddusning nufuzli hududida joylashgan. Beyt Agion mahalliy me’mor Richard Kaufmann tomonidan 1930-yillar oxirida misrlik savdogar Edvard Agion uchun qurilgan.

Foto: Getty Images

Bir necha yil o‘tgach, uy egasi uni surgun qilingan Yugoslaviya qiroli Pyotr II ga topshiradi. Arab-Isroil urushi paytida Bayt Agion harbiy kasalxona bo‘lib xizmat qilgan. Tinchlik vaqti kelganida Isroil hukumati saroyga e’tibor bera boshlagan.

Jastin Tryudo: Sasseks Drayv, 22

Foto: Getty Images

Hozirda oddiygina Sasseks Drayv, 22 deb ataladigan qarorgoh Kanadaning Vermont shahridan yog‘och ishlab chiqaruvchi baron tomonidan qurilgan. U bu uyni rafiqasiga to‘y sovg‘asi sifatida bergan. Biroq egalari vafot etgach, uy Uilyam Edvardsga 30 ming dollarga qayta sotilgan. O‘zining yangi mulkidan bahramand bo‘lishidan oldin bu baxtsiz odam Kanada hukumatidan Sasseks-Drayvdagi 22-uydagi qarorgoh davlatga o‘tkazilgani (Ottava daryosi bo‘yidagi yer davlat mulki bo‘lganligi sababli) e’lon qilingan rasmiy qarorni oladi. Janob Edvards uy uchun kurashgan, ammo 1946-yilda hukumat bilan bo‘lgan bahsda yutqazadi. Bir necha oy o‘tgach, u vafot etadi.

Foto: Getty Images

1951-yilda restavratsiyadan so‘ng bosh vazir Lui Sent-Laurent Sasseks Drayvdagi qarorgohga ko‘chib o‘tadi. Biroq hozirgi hukumat rahbari Jastin Tryudo bu uyni ta’mirlanayotgani sababli yopilgani uchun tark etishga majbur bo‘ldi. Ish tugagach, bosh vazir oilasi bilan mazkur rasmiy qarorgohga qaytadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »