Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Karyerasining boshlarida Jessika Chesteynga sochlarini sariq rangga bo‘yash, Ledi Gagaga burni shaklini tuzatish, Jennifer Lopesga esa bir necha kilogramm vazn yo‘qotish taklif qilingan. Biroq hech narsaga qaramay, o‘zlarining individualligini saqlab qolishga qaror qilgan va ajoyib muvaffaqiyatlarga erishgan taniqli ayollar haqida ma’lumot beramiz.

Priyanka Chopraga qomati ustida “ishlashni” tavsiya qilishgan

Foto: Getty Images

Faoliyatining boshida bir rejissor Priyanka Chopraga agar u aktrisa bo‘lishni xohlasa, tashqi ko‘rinishiga jiddiy qarashi kerakligini aytadi. Chopraga qomati ustida ishlash va jag‘ini tuzatish tavsiya qilinadi. Aktrisaning menejeri bunga rozi bo‘ladi. Biroq Chopra o‘sha direktor bilan ishlashdan bosh tortadi va menejerini o‘zgartiradi.

Muvaffaqiyatli aktrisa hali ham “nomukammal” qomati tufayli bosim ostida. Yaqinda unga juda katta ekanligi va ideal o‘lchamga mos kelmasligini aytishadi. Priyanka tanqiddan xafa bo‘lib, yig‘lab yuboradi.

Ledi Gaga burnining shaklini tuzatish taklifini oladi

Foto: Getty Images

Ledi Gaga birinchi hiti ustida ishlayotganida hayot uni juda surbet odam bilan birga ishlashga majbur qiladi. U xonandaga burnini rinoplastika qildirsa, yomon bo‘lmasligini aytadi.

Yulduz “Yo‘q, menga italyancha burnim yoqadi”, deb javob beradi. Aftidan, Ledi Gaga boshidanoq o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynagan. Shuning uchun ham u millionlab muxlislari tomonidan seviladi.

Sindi Kroufordga mashhur xolini olib tashlashni maslahat berishadi

Foto: Getty Images

Sindi karyerasini o‘rta maktabda o‘qiyotganda boshlagan. Keyin moda sanoati mutaxassislari qizning yuzidagi xolni ko‘rib, bu bilan muvaffaqiyatga erishish ancha qiyin bo‘lishini aytishadi. Unga xolini olib tashlash taklif qilinadi.

Onasining maslahati bilan yosh Krouford operatsiya qildirmaslikka qaror qiladi. Ko‘plab nashrlar model rasmlarini muqovalarida nashr etib, ularni retush qiladi — Sindining tabiiy xususiyatini yashiradi. Biroz vaqt o‘tgach, hammasi o‘zgaradi va yulduzni og‘iz burchagidagi mashhur xolisiz tasavvur qilishning iloji bo‘lmay qoladi.

Jessika Chesteynga sochlarini sariqqa bo‘yash taklif qilinadi

Foto: Getty Images

Bugungi kunda Jessika Chesteyn Gollivuddagi eng hurmatli aktrisalardan biridir. Ammo shunday vaqtlar bo‘lganki, unga rollar berilmagan. Bunga qizning “yetarlicha go‘zal emasligi” sabab bo‘lgan.

Ko‘plab kasting direktorlari Chesteynning qizg‘ish qizil sochlarini yoqtirishmaydi va aktrisaga sochini qayta bo‘yashni maslahat berishadi. “Birinchi kastingimda menga mallasoch bo‘lishni taklif qilishdi”, deb eslaydi yulduz. Bu kulgili, chunki bugungi kunda sochini Jessika tashqi ko‘rinishining yorqin qismi deb atash mumkin.

Jennifer Lopezga ozish tavsiya qilinadi

Foto: Getty Images

Ajablanarlisi shundaki, Jennifer Lopez bir necha marta keraksiz maslahatlar, jumladan, “biroz ozish” tavsiyasini olgan. Yulduz bu kabi gaplarga keskin javob qaytaradi.

Lopes ko‘pincha qomatini sevishini aytadi. Xonandaning pozitsiyasi shunga o‘xshash qomatga ega bo‘lgan muxlislarining kuchli reaksiyasiga sabab bo‘ldi — ular o‘zlarining kumirlariga ergashib, o‘z tanalaridan uyalishni to‘xtatishdi. Jennifer o‘z qomatini yangi standartga aylantira oldi.

Muxlislar Emma Stounni juda oriq deyishadi

Foto: Getty Images

Stoun muxlislari tomonidan bo‘lgan bosimni his qilgan: uni juda nozik deb atashadi va unga davolanishni maslahat berishadi. Emmaning so‘zlariga ko‘ra, u oynadagi aksini tanqidiy ko‘z bilan ko‘rib chiqadi va shunday deb o‘ylaydi: “Men kasal emasman. Nega odamlar menga shunday deydi?”

Sofi Lorenga burun shaklini tuzatishni maslahat berishadi

Foto: Getty Images

 

Afsonaviy aktrisa Sofi Loren bilan ishlagan direktor uning burnini ko‘rsatib, uni kichraytirishni maslahat beradi. Ammo Sofi qat’iy rad javobini beradi.

Bugungi kunda muvaffaqiyatli karyera yaratgan aktrisa burni uning shaxsiyati ekanligiga ishonch hosil qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »