Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyo bo‘yicha juda qimmat bo‘lgan aksessuar — sumkalar haqida ma’lumot beramiz.

7 million dollardan ortiq — Boarini Milanesi Parva Mea

Foto: Getty Images

2020-yilda italyan brendi Boarni Milanesi brend hammuassisi Matteo Milanesi oilasi bilan dengiz sayohatlaridan ilhomlangan holda dunyodagi eng qimmat sumkani yaratdi. Parva Mea modeli — Sardiniya va Gretsiya qirg‘oqlari bo‘ylab sayohat qilgan marhum otasiga nisbatan hurmat sifatida ishlab chiqarildi.

Sumka firuza rangga bo‘yalgan alligator terisidan yasalgan va oq oltindan ishlangan 10 ta kapalak, okean tubini uyg‘otuvchi sapfir va Karib dengizining Paraiba turmalinlari bilan bezatilgan. Eksklyuziv mahsulot dengizlarni himoya qilish muammosiga e’tiborni qaratish maqsadida yaratilgan: kompaniya okeanni plastmassadan tozalaydigan tashkilotlarga sumkalar savdosidan tushgan 800 ming yevro mablag‘ni yuboradi.

6,7 million dollar — Debbie Wingham’s Upcycled Easter Egg Purse

Foto: Getty Images

2019-yilda britaniyalik dizayner Debbi Vingem, o‘zini kutyure deb e’lon qilgan ekstravagant buyurtmalar bilan tanilgan, mijozning shaxsiy iltimosiga ko‘ra mashhur Faberge tuxumiga o‘xshagan sumka yaratdi. Pasxa tuxumi aksessuari amerikalik anonim xaridor uchun tayyorlangan bo‘lib, u o‘z navbatida o‘zining zargarlik buyumlari va sharflarining bir qismini o‘z ishida foydalanish uchun dizaynerga sovg‘a qilgan.

Shunday qilib, tuxumsimon sumka 8 mingta olmos bilan bezatilgan va ko‘k Hermes ipak sharfi bilan to‘ldirilgan. Bir juft Cartier sirg‘alari qulf sifatida, uchta pushti va ikkita oq olmosli 24 karatli oltin tashqi qobiq bilan to‘ldiriladi.

3,8 million dollardan ortiq — Mouawad 1001 Nights Diamond Purse

Foto: Getty Images

2011-yilda Mouawad 1001 Nights Diamond Purse sumkasi dunyodagi eng qimmat sumka sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Yagona aksessuar Mouawad zargarlik uyi tomonidan ishlab chiqarilgan. Sumka 18 karatli tilladan yasalgan va 4517 ta olmos (105 ta sariq, 56 ta pushti va 4356 ta oq) bilan bezatilgan. Uni yasash uchun 8800 soat vaqt ketgan. Mazkur klatchning bahosi 3,8 million dollar.

2 million dollar — Hermes Kelly Rose Gold

Foto: Getty Images

Zargar Per Hardi ikki yil davomida Hermes Kelly Rose Gold sumkasini yaratish ustida ishladi. Ushbu mini sumka butunlay pushti tilladan yasalgan va 1600 ta olmos bilan bezatilgan. Brend uch xil variantda faqat 12 tagina sumka chiqargan. Uning narxi 2 million dollarni tashkil etadi.

1,4 million dollar — Hermes Birkin Bag by Ginza Tanaka

Foto: Getty Images

Ushbu noyob Birkin modeli yapon dizayneri Ginza Tanaka tomonidan 2008-yilda yaratilgan. Mini sumka platinadan yasalgan va 2000 dan ortiq olmos bilan bezatilgan. Markazda joylashgan 8 karatli nok shaklidagi olmosni ajratib olish va brosh sifatida taqish mumkin. Sumka zanjiridan ham marjon yoki bilaguzuk sifatida foydalanish mumkin. Ushbu klatch taxminan 1,4 million dollar turadi.

1,4 million dollar — Hermes Chaine’d Ancre Bag

Foto: Getty Images

Hermes sumkalarining hammasi ham haqiqiy charmdan emas. Masalan, 2012-yilda afsonaviy brend oq oltindan yasalgan va olmos bilan bezatilgan cheklangan adaddagi Hermes Chaine’d Ancre Bag sumkasini taqdim etdi. Bu asarni yaratish uchun fransuz dizayneri Per Hardi ikki yil vaqt sarfladi. Aksessuarning narxi, taxminan, 1,4 million dollarni tashkil etadi, chunki 11 000 ga yaqin olmos ishlatilgan. Brend bu sumkalarning atigi 3 ta modelini chiqargan.

380 ming dollar — Hermes Niloticus Crocodile Himalaya Birkin

Foto: Getty Images

Himolaya Birkin modeli — timsoh terisidan tayyorlangan sumka. Aksessuar 240 ta olmos bilan bezatilgan, uning furnituralari esa 18 karatli oq oltindan qilingan. Sumkaning narxi 380 000 dollarni tashkil qiladi. 2016-yilda mazkur aksessuar Gonkongdagi Christies auksionida sotilgan.

261 ming dollar — Chanel Diamond Forever Handbag

Foto: Getty Images

2008-yilda Chanel brendi 13 ta klassik sumkadan iborat cheklangan modelni chiqardi. Sumka oq alligator terisidan qilingan va 334 ta olmos bilan bezatilgan. Ushbu aksessuar 261 000 dollarga baholangan.

150 000 dollar — Louis Vuitton Urban Satchel

Foto: Getty Images

Agar bu sumkani ko‘rganingizda xayolingizga birinchi bo‘lib “axlatlarmi” so‘zi kelsa, siz haqsiz. Louis Vuitton muxlislari brenddan kutilayotgan olmos, qimmatbaho metallar va eksklyuziv charm o‘rniga eski choy paketi, konfet o‘ramlari va bir quti sigaretdan tayyorlangan mahsulotni taqdim etdi. Fransuz moda uyi o‘z mijozlarini axlatdan yasalgan sumka uchun 150 ming dollar to‘lashga ishontira oldi.

92 ming dollar — Judith Leiber Precious Rose

Foto: Getty Images

Judit Leyberni negadir “Klatchlar malikasi” deb atashadi: u moda olamiga Jiji Hadid, Rianna, Gvinet Patrov va opa-singil Kardashyanlar tanlagan eng nafis qo‘lda ishlangan aksessuarlarni taqdim etdi. Judit Leyber kolleksiyasidagi eng qimmat buyum 2010-yilda yaratilgan Precious Rose sumkasi edi. Aksessuar 18 karatli oq oltindan yasalgan va 1016 dona olmos, 1169 dona pushti sapfir va 800 dona turmalin barglari bilan bezatilgan.

45 ming dollar — Louis Vuitton Tribute Patchwork Bag

Foto: Getty Images

Bu safar Louis Vuitton tomonidan 2007-yilda kreativ direktor Mark Jeykobs boshchiligida yaratilgan eng qimmat sumkalardan biri bo‘lgan Tribute Patchwork axlatdan emas, balki teri qoldiqlaridan yasalgan bo‘lib, ular patchwork texnikasidan foydalangan holda har birining ustiga biriktirilgan. Model 15 ta sumkadan yig‘ilgan va tirajda faqat 24 dona mavjud. Louis Vuitton Tribute Patchwork sumkasining eng mashhur egasi — xonanda Beyonce.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »