Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston ISHID uchun terrorizm maydoniga aylandi, terrorchilik tashkiloti Yevropa va Osiyoda hujumlarni rejalashtirmoqda va AQSHga qarshi “shubhali fitnalar” tuzmoqda. Bu haqda Pentagonning sizdirilgan maxfiy ma’lumotlariga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Foto: Reuters

AQSH razvedkasi ISHID elchixonalar, cherkovlar, biznes markazlari, shuningdek, o‘tgan yozda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida hujum qilishni rejalashtirganidan xabardor bo‘lgan.

Xususan, jangarilar Shvetsiya va Niderlandiyadagi o‘ta o‘ng faollar tomonidan Qur’on yoqib yuborilgani uchun ushbu davlatlarning Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon va Tojikistondagi elchixonalariga hujum qilish orqali qasos olishni rejalashtirgan. O‘tgan dekabr oyida ISHID rahbariyati to‘qqizta shunday hujumni muvofiqlashtirgan bo‘lsa, fevralga kelib ularning soni 15 taga yetgan.

“ISHID Afg‘onistondan tashqaridagi resurslarga, maqsadli mamlakatlardagi jangchilarga va keng sheriklik tarmoqlariga tayanadigan tashqi operatsiyalar uchun tejamkor modelni ishlab chiqmoqda”, — deyiladi Pentagon materiallarida.

Pentagon terrorchilar xavfsizlik xizmatini chetlab o‘tib, terrorchilik hujumlarining oldini olish ehtimolini minimallashtirishi mumkinligini bildirgan. Xuddi shu hujjatlarda terrorchilarning “aerokosmik va kimyo muhandisligi bo‘yicha mahoratga ega” Britaniya fuqarosi bilan aloqasi tasvirlangan.

Britaniyalik ISHIDga raketalar, uchuvchisiz samolyotlar va kimyoviy qurollar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishni taklif qilgan. Bundan tashqari, Iroqdagi terrorchilar guruhi Damashq universiteti muhandislik fakulteti talabalarini sinovdan o‘tkazgan va ularning ko‘nikmalari foydali bo‘ladimi yoki yo‘qligini aniqlagan.

“ISHID terrorchilari, barcha sa’y-harakatlariga qaramay, yaqin kelajakda oddiy portlovchi moddalar yoki ehtimol biologik yoki kimyoviy qurollarni ‘kichik miqyosda ishlab chiqarish’ bilan cheklanadi. Chunki ularning faoliyatiga tajriba yetishmaydi”, — deyiladi Pentagon hujjatida.

Washington Post gazetasi oshkor etilgan ma’lumotlar respublikachi kongressmenlar tomonidan Oq uyning AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarorini tanqid qilish uchun ishlatilishini prognoz qildi.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashining WPga ma’lum qilishicha, Vashington hali ham “joylarda” doimiy qo‘shinlari bo‘lmasada, terrorchilarni yo‘q qilishga qodir va kelajakdagi tahdidlarni bartaraf etishda aksilterror operatsiyalarini amalga oshiradi.

Departament vakili Endrien Uotson AQSH maxsus kuchlarining Somaliga uyushtirgan reydini misol qilib keltirdi, natijada ISHID yetakchilaridan biri, Afg‘onistondagi terrorchilar yacheykasiga ta’sir o‘tkazgan Bilol al-Sudaniy yo‘q qilingan.

Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarori Donald Tramp prezidentligi davrida qabul qilingan. 2020-yil fevral oyida Vashington va “Tolibon” vakillari 14 oy ichida AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi tinchlik bitimini imzolagan. Shundan so‘ng Tramp qo‘shinlar respublikani zudlik bilan tark eta boshlashini ma’lum qildi.

Keyingi prezident Jo Bayden saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng kelishuv shartlarini bajarish niyatida ekanini ma’lum qildi. Prezident o‘z qarorini AQSHning yo‘qotishlari bilan izohlagan: deyarli 2,5 ming amerikalik halok bo‘lgan, 20 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Amerika kontingenti olib chiqib ketilishi bilan bir vaqtda “Tolibon” jangarilari Afg‘oniston hokimiyatini qo‘lga kiritdi. 26-avgust kuni Kobul aeroportida portlash yuz berdi. Bu xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda 13 nafar amerikalik askarlar halok bo‘ldi, yana 18 nafari yaralandi — bu 2011-yildan beri AQSH armiyasining bir martalik eng katta yo‘qotishi edi. Afg‘onlar orasida 170 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi jarohat olgan. Keyin Oq uy harbiylarni evakuatsiya qilishni rejalashtirishdagi xatolarini tan olgan.

Shu bilan birga, saylovda mag‘lub bo‘lgan Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqilishini tanqid qilgan.

“Afg‘onistonni tark etganimiz, menimcha, mamlakatimiz tarixidagi eng sharmandali voqea bo‘ldi. Putin, Si Szinpin va boshqalar bizning qobiliyatsiz ekanimizni, nima qilayotganimizni bilmasligimizni ko‘rdi, menimcha, bu Ukrainaga qarshi harakat qilishga undadi”, — degan u.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh

Бобир Жалилов

24.04.2023, 14:08

жахон чемпионати,,ëзда эмас когда булди,,

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »