Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

The New York Times nashri Ukraina may oyidan qarshi hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berdi.

Foto: Facebook / GeneralStaff.ua

Nashrga ko‘ra, hal qiluvchi g‘alabasiz G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni susaytirishi mumkin. Bu esa Kiyevni urushni tugatish yoki muzlatish uchun tinchlik muzokaralari boshlashda bosimga olib kelishi mumkin.

AQSH va NATO Ukrainani bo‘lajak jang uchun katta miqdorda artilleriya va o‘q-dorilar bilan ta’minladi, hozirda rasmiylar ta’minot yetarli ekaniga umid qilmoqda. Shu bilan birga, Pentagonning oshkor qilingan maxfiy hujjatlariga ko‘ra, har biri 4000 nafarga yaqin askardan iborat 12 ta Ukraina jangovar brigadasi aprel oyi oxirigacha qarshi hujumga tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Hujjatlarda Ukrainaning AQSH va NATOdagi ittifoqchilari to‘qqizta shunday brigadani tayyorlayotgani aytilgan.

“Hammasi qarshi hujumga bog‘liq. Hamma umidvor, balki haddan tashqari optimistik. Bu ukrainaliklar uchun jang maydonida hududni qaytarib olish va muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishish uchun ancha katta ta’sir ko‘rsatish borasida munosib natija bo‘ladimi yoki yo‘qligini aniqlaydi”, — deydi AQSHning Rossiyadagi sobiq elchisi va NATOning yuqori martabali rasmiysi Aleksandr Vershbou.

Amerikalik harbiy amaldorlar Ukraina armiyasi ularni yana hayratda qoldirishi mumkinligini aytmoqda. Hozirda Ukraina Qurolli kuchlari Yevropa tanklari va Amerika zirhli transport vositalari bilan qurollangan, shuningdek, amerikaliklar va NATO kuchlari tomonidan o‘qitilgan va jihozlangan yangi qismlarga ega.

Ayni paytda Putinning orqaga qaytish ehtimoli deyarli nolga teng.

“Putin Ukrainani to‘liq harbiy bo‘lmasa ham, siyosiy yo‘l bilan bo‘ysundirishdek strategik maqsadidan voz kechishiga dalil va asoslar juda kam. Bu uning nafaqat bir yil, balki deyarli o‘n yil davomidagi maqsadi edi”, — deydi AQSH mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Selesta Vallander.

Avvalroq Newsweek nashri qarshi hujum 30-aprel bo‘lishi mumkinligi, bu real faktlarga emas, balki telefon suhbatlarini tinglashlarga asoslanganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »