Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ma’lumki, ertaklardagi malikalar har doim chiroyli va nafosatli bo‘lishadi. Haqiqiy hayotda ham shundaymi?

Dana al-Xalifa — Bahrayn valiahd shahzodasi Salmon ibn Hamad ibn Iso al-Xalifaning qizi.

Foto: Legion Media

Malika Dana Bahrayn valiahd shahzodasi oilasida tug‘ilgan va Londonda tahsil olgan. Britaniya uslubidan ilhomlanib, u The Overdressed nomli moda blogiga asos solgan. Uning g‘oyasi musulmon ayollarga qat’iy an’analarni buzmasdan, qanday qilib qiziqarli va zamonaviy tarzda kiyinishni ko‘rsatish edi va u buning uddasidan chiqdi.

Keyinchalik u Yevropa moda ko‘rgazmalarida qatnashgan birinchi arab moda blogeriga aylandi. Hozir Dana eri Sulaymonan Azzuni va qizi Aliya bilan tinch oilaviy hayot kechirmoqda.

Maita al-Maktum — Dubay shayxi Rashid ibn Said al-Maktumning qizi.

Foto: Legion Media

Dubay shayxining qizi malika Maitaning ambitsiyalari bolaligidanoq sportga qaratilgan edi. Otasi qizini faol qo‘llab-quvvatladi, shuning uchun qiz bu sohaga jiddiy kirishdi va professional karatechiga aylandi. O‘zining yuksak mavqeyi tufayli, hattoki, bir muddat BAA karate jamoasini boshqarishga ham ruxsat berildi.

Malika shaxsiy hayotining tafsilotlarini reklama qilmaydi, shuning uchun uning yigiti bor-yo‘qligi noma’lum.

Adila bintu Abdulloh — Saudiya Arabistoni sobiq qiroli Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saudning qizi.

Foto: Legion Media

Malika Adila arab ayollarining hayotini yaxshilash bo‘yicha islohotlar bilan shug‘ullanadi: ularning mashina haydash huquqi va sog‘lig‘ini saqlashni faol himoya qiladi. Qiz oiladagi zo‘ravonlikka qarshi, ayollar guruhlari va tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari Adila abaya — tanani butunlay qoplaydigan qora libosni majburiy kiyishga qarshi. 13 yoshdan boshlab qizlar bunday kiyimlarni kiyishlari shart va bu, albatta, ularning individualligini butunlay o‘ldiradi.

Adila turmushga chiqqan, olti farzandi bor: ikki o‘g‘il va to‘rt qiz. Qizig‘i shundaki, malika amakivachchasi Faysal ibn Abdulloh bilan turmush qurgan.

Latifa al-Maktum — BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi.

Foto: Legion Media

Arab hukmdorlarining barcha qizlari Dana va Adilanikiday yaxshi hayot kechirishmagan. Dubay hukmdorining 25 farzandidan biri Latifaning fojiali hikoyasi buning isboti.

2018-yil fevral oyida u mamlakatdan qochishga uringan. Qochishdan biroz oldin suratga olingan videoda qiz otasi unga qanchalik shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi haqida gapirib bergan.

Ota-ona zulmidan qutulishga bo‘lgan urinish muvaffaqiyatsiz tugaydi: Latifa uyiga qaytariladi. Malika taslim bo‘lmaydi — hech qanday tibbiy yordamsiz eshiklari va derazalari qulflangan villada yolg‘iz qolgani haqidagi navbatdagi videoni yozadi. Yozuv BBCga yetib boradi va ular sodir bo‘lgan voqeaga jamoatchilik e’tiborini qaratadi. Afsuski, baxtsiz malika qissasi nashr etilganidan keyin ham vaziyat unchalik o‘zgarmaydi — Latifa hamon otasining qo‘l ostida. 2000-yilda qochishga uringan katta opasi Shamsa ham xuddi shunday taqdirga duch keladi.

Haya bintu al-Husayn — Iordaniya sobiq qiroli Husayn ibn Talalning qizi.

Foto: Legion Media

Iordaniya malikasi Xayaning hikoyasi ham hayratlanarli darajada bo‘lib, u dubaylik Shayx Muhammad bilan bog‘liq. U 2004-yilda Latifa bilan bog‘liq janjal boshlanishidan oldin uning xotini bo‘lgan. Malika mehribon va quvnoq sohibjamol sifatida tanilgan, u ot sporti va ommaviy tadbirlarda qatnashishni yaxshi ko‘rgan.

Biroq Xaya erining tajovuzkorligi tufayli undan qo‘rqa boshlaydi. Shayx ikki qizini majburan qamab qo‘yganini bilgach, u ham bolalari bilan qochishga qaror qiladi.

Malika qochishga muvaffaq bo‘ldi — u London Oliy sudiga murojaat qildi va g‘alaba qozondi. Ajrimdan so‘ng Shayx Muhammad unga 554 million funt sterlingdan ortiq tovon to‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »