Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qaysi oziq-ovqatlar qandli diabet rivojlanish xavfini oshirishini bilib oling. Shunda siz ularni kundalik taomnomangizdan chiqarib tashlab, sog‘lig‘ingizni himoya qilasiz.

Ba’zi oziq-ovqat guruhlari 2-tur diabet rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Niderlandiyada 20 ming subyekt ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qator zararli oziq-ovqatlar, ayniqsa, gazlangan ichimliklar, chipslar va qovurilgan mahsulotlar 2-tur diabet rivojlanish xavfini 70 foizga oshiradi. Natijalar European Journal of Nutrition jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar 2-tur diabet rivojlanishiga olib keladigan to‘rtta toifadagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan ogohlantiradilar. Ulardan imkon qadar kamroq tanovul qilish tavsiya etiladi.

Shakarli ichimliklar

Foto: Marie Claire

2010 yilda Diabetes Care jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga bir-ikkita shakarli ichimlik ichish oyiga bir martadan kamroq bunday ichimlikni ichish bilan solishtirganda 2-toifa diabet rivojlanish xavfini 26 foizga oshiradi.

“Gazli ichimliklar, shirin choy va limonad kabi shakarli ichimliklar 2-tur diabet xavfini oshiradi”, deydi diyetolog Jill Vayzenberger. “Haddan tashqari ko‘p kaloriyalar vazn ortishiga olib keladi va shakar insulin qarshiligini oshirishi mumkin”.

Shakarning sog‘lig‘ingizga ta’sirini kamaytirishning eng yaxshi usullaridan biri — shirin ichimliklar, jumladan, mevali sharbatlarni iste’mol qilishni cheklashdir. Suvsizlanishni oldini olish uchun ko‘proq suv ichgan afzal. Bundan tashqari, choy yoki qahvaga shakar va qaymoqli sutni ko‘p qo‘shmang.

Qayta ishlangan go‘sht

Foto: Marie Claire

2011-yilda American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqotda olimlar kuniga bir marta 3 qayta ishlangan go‘sht iste’mol qilish 2-tur diabet xavfini 19 foizga oshiradi, degan xulosaga kelishdi. Kamroq qayta ishlangan go‘sht xavfning o‘sishini 51 foizga oshiradi. Kolbasa, sosiska kabi qayta ishlangan go‘shtlarda natriy va nitrit miqdori yuqori bo‘lgani uchun, ayniqsa, zararli hisoblanadi.

Doktor Eliazning so‘zlariga ko‘ra, oqsilning boshqa manbalariga o‘tish salomatlikni yaxshilaydi. “Losos balig‘i, sardinya kabi kichik baliqlar, organik mahsulotlar bilan oziqlangan parranda va uning tuxumlari, ba’zan esa o‘t bilan boqiladigan mol go‘shti sog‘lom sabzavotli ratsionga kiritilishi mumkin”, deydi ekspert.

Yuqori darajada qayta ishlangan uglevodli ovqatlar

Foto: Marie Claire

Og‘ir qayta ishlangan uglevodlar, jumladan, oliy navli un, guruch va shakardan tayyorlangan uglevodlar, aslida, organizm uchun zarur bo‘lgan klechatka, shuningdek, foydali vitaminlar va minerallarga ega bo‘lmagan oziq-ovqatlardir. Ushbu mahsulotlarni hazm qilish oson bo‘lgani uchun ular qonda qand va insulin darajasining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu 2-tur diabetga olib keladi.

2007 yilda Internal Medicine arxivida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, yuqori darajada qayta ishlangan uglevodlarga boy taomlar 2-tur diabet xavfini oshiradi. Fastfudlarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilgan xitoylik ayollarda qandli diabet odatiy taomnomaga amal qilgan ayollarga nisbatan 21 foizga oshgan.

To‘yingan yog‘ va trans yog‘lari bo‘lgan mahsulotlar

Foto: Marie Claire

Trans yog‘lar qadoqlangan, pishirilgan mahsulotlarda, supermarketlardagi tayyor ovqatlarda va restoranlardagi qovurilgan ovqatlarda mavjud. To‘yingan yog‘lar esa yog‘li go‘sht, sariyog‘, yog‘li sut va pishloqda mavjud. To‘yingan yog‘lar va trans yog‘lar qonda xolesterin darajasini oshiradi va yuqori xolesterin 2-tur diabet uchun xavf omili hisoblanadi.

Jill Vayzenberger ushbu guruhdagi taomlarni iste’mol qilmaslik uchun quyidagi tavsiyalarni beradi: “Zaytun va kanola yog‘ida taom tayyorlang va pishiring. Shirinliklar o‘rniga yong‘oqlar iste’mol qiling, yog‘siz go‘sht va terisiz parranda go‘shtini tanlang, ko‘k pishloq o‘rniga sirka qo‘shilgan salatlar tanovul qiling”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »