Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Film va seriallardagi qahramonlarning tashqi ko‘rinishi — liboslari, aksessuarlari yoki pardozlari ko‘pincha dialogdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi.

“Avatar: Suv yo‘li”

Foto: AdMe

Jeyk Salli oilasi boshqa qabila himoyasidagi rifga yetib kelganida, uning rafiqasi Neytiri birinchi filmdagi taqinchoqlarni eslatuvchi maxsus marjon taqib oladi. Bu uning o‘tgan hayotining ramzi: Neytiri o‘zi o‘sgan va har doim uning uyi bo‘lgan o‘rmonni tark etishni xohlamaydi. Bu “o‘rmon” taqinchog‘i unga ota-bobolari va ona yurti bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi.

Foto: AdMe

Metkaya qabilasi a’zolarining bezaklari esa butunlay boshqacha. Kiyimlari va aksessuarlarini yaratish uchun ular dengiz beradigan narsalardan ham foydalanadi. Ular suv yaqinida yashaganligi sababli chig‘anoqlar, suv o‘tlari, dengiz marjonlari asosiy o‘rin tutadi.

“Sokin joy – 2”

Foto: AdMe

Dunyoda bo‘layotgan falokatga qaramay, Evelin Ebbott franshizaning 1 va 2-qismlarida yorqin printli liboslar kiyadi. Liboslar bo‘yicha dizaynerlarning fikriga ko‘ra, uning personaji gulli ko‘ylaklar, quyoshdan saqlovchi shlyapa kiygan ayollarning allaqachon yo‘qolgan dunyosini aks ettiradi.

Shunday qilib, Evelin, tashqi ko‘rinishidan zaifligiga qaramay, o‘zini va bolalarini himoya qila oladi. Uning psixologik mustahkamligi barcha qiyinchiliklarni qayta-qayta yengishga imkon beradi.

“Uenzdey”

Foto: AdMe

Serialning dastlabki kadrlarida Uenzdey kichik oq yoqali qora libosda, o‘zining shaxsiy o‘rta maktab formasida paydo bo‘ladi, bu uni yorqin ranglarda kiyingan tengdoshlaridan ajratib turadi va uning o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.

Ammo bu safar dizaynerlar yoqani yanada qirraliroq tikishdi, chunki bu yangi qahramon va u o‘zidan oldingi Uenzdeylardan farq qiladi.

“M3GAN”

Foto: AdMe

M3GAN ismli odamga o‘xshash android qo‘g‘irchoq neytral, yoqimli ranglarda kiyinadi. Dizaynerlar fikriga ko‘ra, bu dahshatni yanada kuchaytiradi, chunki sokin firuza va qaymoqrang tufayli qo‘g‘irchoqni odamga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yovuz mavjudot sifatida qabul qilish qiyin.

Aytish mumkinki, M3GAN tashqi ko‘rinishi bilan butun avlodning dahshatli tushlarida paydo bo‘lgan boshqa qo‘g‘irchoq — Chakini siqib chiqardi.

“Jon Uik – 4”

Foto: AdMe

Kianu Rivz qahramoni uchun tikilgan kostyumlarning kuchi ularning soddaligi va tartibli tikilganida. Franshizaning deyarli barcha filmlarida Jon Uik to‘q kulrang kiyimni afzal ko‘radi. Bu unga soya kabi ko‘zga tashlanmaydigan ko‘rinishga imkon beradi.

“Emili Parijda”

Foto: AdMe

Shouning 3-mavsumida Emili bir vaqtning o‘zida ikkita xo‘jayin uchun ishlaydi, ularga hali ham tanlov qilmaganligini aytishga jur’at etmaydi. Kechki bazmda u o‘zini qora kostyum kiygan ikkala xo‘jayini ham jodugarlar kabi unga tashlanmoqchi bo‘lgan dahshatli tushda yurgandek his qiladi.

O‘z navbatida, pidjagidagi patlar Emilini yirtqichlar tomonidan ushlanmoqchi bo‘lgan qush kabi zaif qilib ko‘rsatadi.

“Ingliz ayol”

Foto: AdMe

Emili Blant ishtirokidagi mini-serial voqealari XIX asr oxirida sodir bo‘ladi. O‘sha davrdagi ayollarning otda yurish uchun mo‘ljallangan kiyimlari odatda quyuq yashil rangda bo‘lgan. Biroq Emili Blant qahramoni kostyumini binafsha rangga aylantirish g‘oyasini o‘ylab topdi. Bu uni manzaradan ajratib turadi va o‘g‘lidan qasos olmoqchi bo‘lgan ayolning ruhiy holatiga mos keladi.

“Bobil”

Foto: AdMe

Qahramon Margo Robbi birinchi marta ekranda ko‘ringanda kalta qizil kiyimda bo‘ladi. Bu Gollivudga ko‘chib o‘tishdan oldin u Nyu-Yorkda raqqosa bo‘lganini tasdiqlaydi. Bu libos o‘zi bilan olib ketgan sahna liboslaridan birining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »