Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Osiyoning eng boy odamlari o‘ntaligiga kirgan ayol haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Yang Xueyyan Xitoyning Country Garden Holdings ko‘chmas mulkni rivojlantirish xoldingi raisi o'rinbosari. Yang va uning oilasining kompaniyasi Xitoydagi eng yirik ko'chmas mulk ishlab chiqaruvchisi, Yang esa 23,9 milliard dollarlik boylikka ega bo‘lgan eng boy ayol hisoblanadi.

Qizga juda katta boylik meros qolgan

Yang Xueyyan bunday katta boylikka ega bo'lish uchun harakat qilmagan, chunki u kompaniya aksiyalarini otasidan meros qilib olgan, degan fikr bor. Biroq Xueyyan 14 yoshidayoq xolding yig'ilishlarida ishtirok etgan va otasi bilan katta muzokaralarda qatnashgan, chunki u yoshligidan biznesga qiziqqan. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi universitetni tugatgach, Yang otasining kompaniyasida xaridlar bo'yicha menejer lavozimini egallaydi va ikki yildan so'ng kompaniyani fond bozoriga olib chiqadi, natijada bir necha milliard dollar foyda oldi. Professional xizmatlari uchun Yang kompaniyaning 70 foiz ulushini oladi, garchi hozir u 57 foizga egalik qilsa-da, ammo baribir eng yirik aksiyador bo'lib qolmoqda.

Yang bir vaqtlar o‘qituvchi bo'lishni xohlagan

Foto: Getty Images

Maktabni tugatgach, qiz ota-onasi qaramog‘idan ozod bo‘lishni va o'qituvchilik kasbini egallashni xohlaydi: Yang har doim ijtimoiy sohaga jalb qilingan. Biroq otasi qizi universitetda o'qishini va oilaviy biznesni davom ettirishini talab qiladi. Ko‘rinib turibdiki, otasi adashmagan, chunki u kompaniyani yangi bosqichga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. Biroq Yang orzusidan voz kechmadi, lekin o'qituvchi sifatida dars berishni emas, balki Angliya-Xitoy maktablarining eng yirik tarmog'i Bright Scholar Education Holdings’ga rahbarlik qilishni boshladi.

Yang va uning oilasi yashirin hayot tarzini olib boradi

Qizning shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsa ma'lum emas: u Manchester universiteti bitiruvchisi Chen Chongga turmushga chiqqan va u bilan xoldingni birga boshqaradi. Jamoatchilik hali ham Yangning tug'ilgan sanasini, shuningdek, farzandlari bor-yo'qligini bilmaydi. Qiz ish joyida xodimlari bilan masofa saqlaydi, faqat kompaniyaning yuqori rahbariyati bilan shaxsiy suhbatlarga ruxsat beradi.

U har doim ham Xitoyning eng boy ayoli bo'lmagan

2008-yilda Yang Xueyyan global iqtisodiy inqiroz tufayli deyarli butun boyligini yo'qotgandi. Biroq tez orada Xitoyning eng boy odamlari o'ntaligida o‘z mavqeyini tikladi, bir necha yil o'tib esa ro'yxatning birinchi pog'onasiga chiqdi. 2018-yil yanvaridagi bir nechta muvaffaqiyatli bitimlar Yangga 4 kun ichida 2,5 milliard dollarga boyib ketish imkonini berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »