Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

First Republic Bank aksiyalari 49,38 foizga arzonlashdi. Bu bank aksiyalari savdosi tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Birinchi chorakda First Republic Bank’ning mijozlari 100 milliard dollardan ortiq depozitlarni olib qo‘ygani haqida xabar berilganidan keyin bu pasayish boshlandi.

Bu ma’lumotlar ortidan investorlarning bankka bo‘lgan qiziqishi tushib ketdi. Bank aksiyalari yil boshidan beri 93 foizga arzonlashdi.

Hisobotga ko‘ra, First Republic Bank depozitlari birinchi chorak oxirida 40 foiz — 104,5 milliard dollargacha qisqardi. 2022-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, u 176,4 milliard dollarni tashkil etdi.

Bank press-relizda depozitlarning katta miqdorda chiqib ketishidan so‘ng, bank o‘z balansini qayta muvozanatlash uchun “strategik variantlarni ko‘rib chiqayotganini” bildirdi.

Keyingi bir necha kun First Republic Bank’ning kelajagi uchun juda muhim, chunki boshqa banklar va federal amaldorlar bankni barqarorlashtirish uchun yechimlar izlamoqda.

Bloomberg xabariga ko‘ra, First Republic Bank 50 milliard dollardan 100 milliard dollargacha bo‘lgan aktivlarni (uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar va ipoteka) sotishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, bank balansni mustahkamlashga harakat qiladi.

First Republic Bank’dagi depozitlarning chiqib ketishi 2023-yil mart oyida AQSHdagi banklar qulashi tufayli boshlandi.

Avvalroq AQSH banklarining kreditlari 105 mlrd dollarga kamaygani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »