Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hayotingizni imkon qadar amaliy tarzda tashkil etishga va o‘zingizga vaqt qoldirishga yordam beradigan oqilona qarorlar bilan boyiting.

Turk ayollarining ko‘plab qiziqarli odatlari bor, ularning aksariyati sizni hayratda qoldiradi. Bir vaqtning o‘zida bu odatlar sizga foydali hamdir — ularni o‘zlashtirishga harakat qiling. O‘zingizni hayotini va vaqtini mohirona tashkil etadigan, shu bilan birga o‘zini unutib qo‘ymaydigan daho kabi his qiling.

Uyni saranjom saqlaydi

Turkiyada uy ishlarini ayollar qilishi odat tusiga kirgan. Bekalar o‘z oilalari uchun qulay va shinam muhit yaratish uchun uynu tozalashga, o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilishga ko‘p vaqt ajratadilar. Bundan tashqari, ular odatda an’anaviy ta’mni saqlab qolish uchun uyda taom tayyorlaydilar pishiradilar, garchi ularga vaqti-vaqti bilan restoranga tashrif buyurishga hech kim qarshilik qilmasa ham.

Gilamlarni muntazam tozalaydi

Uydagi gilamni oxirgi marta qachon tozalagansiz? Misol uchun turk ayollari buni har oy qilishadi. Axir u juda ko‘p chang to‘playdi. Ular shunchaki changyutgich bilan emas, balki gilamni maxsus mahsulotlar yordamida yuvib, ochiq havoda — balkonda yoki hovlida quritadilar.

Umumiy tozalashning hojati yo‘q

Turk ayollari shunchaki bahorgi tozalashga muhtoj emas — ular har kuni tozalikni saqlashadi. Va buning natijasida ular butun makonni obdon tozalashga ko‘p vaqt sarflashlari shart emas.

Oynani tish pastasi bilan artadilar

Siz izlayotgan layfxak. Ma’lum bo‘lishicha, tish pastasi ko‘zgularni mukammal darajada jilolaydi va dush qabul qilish paytida ularning terlab qolishini kamaytiradi. Shuningdek, u santexnika uskunalarini ham tozalab, yarqirab turishini ta’minlaydi.

Balkonga chiqindi to‘plashmaydi

Turk uy bekalari uchun balkon alohida xona rolini bajaradi. Bu yerni ular dam olish maskani yoki bolalar o‘ynashi uchun jihozlashadi. Shu tariqa turk ayollari kvartirada yoki uyda boshqa har qanday joydan ko‘ra, bu yerga ko‘proq vaqt ajratadilar.

Donli ekinlarga hujum qilmasligi uchun hasharotlar bilan kurashadi

Yana bir layfxak — turk ayollari donli ekinlarga hujum qilishi mumkin bo‘lgan hasharotlarga qarshi kurashada dafna barglaridan foydalanadilar. Sinab ko‘ring: eskirgan, lekin hali ham ochiq grechkani tashlamab yubormasligingiz uchun unga dafna barglaridan solib qo‘ying.

Oila va do‘stlar uchrashuvlarini tashkil qiling

Turk ayollari o‘z oilasi va do‘stlarini juda qadrlashadi: Turkiyada tanish-bilishlar bir-birinikiga tez-tez mehmonga borishi odat tusiga kirgan. Bundan tashqari, ular maxsus tadbirlarni nishonlash yoki shunchaki yaqinlari bilan vaqt o‘tkazish uchun uyda yig‘inlar tashkil etadilar.

Turk ayollari hammomga boradilar

Turk ayollari hamomni yaxshi ko‘radilar — Turkiyada ko‘plab jamoat hammomlari borligini bilsangiz kerak (ularning ko‘pchiligi ko‘rinishi jihatdan saroyga o‘xshaydi). Hammomga borish an’anasi qadimiy tarixga ega bo‘lib, turklar uni hozirgacha hurmat bilan saqlab qolgan. Turk ayollari uchun bu go‘zallik marosimining bir turi bo‘lib, ularga nafaqat go‘zallikni saqlab qolishga, balki dam olishga, stressdan xalos bo‘lishga va yangi quvvat to‘plashga yordam beradi.

Bozordan xarid qiladi

Foto: Marie Claire 

Turkiyada bozorlar yangi mahsulotlar va boshqa tovarlarni sotib olish uchun muhim joy hisoblanadi. Aynan shu yerda siz eng so‘nggi mahsulotlarni uchratib, an’anaviy turk taomlari uchun g‘ayrioddiy ingrediyentlarni, ko‘plab ziravorlarni topishingiz mumkin. Va nihoyat bozorda savdolashib, ko‘p pulni ham tejab qola olasiz.

Har qanday ovqatni muzlatib qo‘yadi

Faqat sabzavot, baliq va go‘sht emas, balki sho‘rvalar va pishirilgan donlar ham muzlatiladi! Ularni turk bekalari ularni darhol qismlarga bo‘lib, muzlatkichga yuboradilar, shunda haftada bir marta pishirishga hojat qolmaydi. Juda qulay!

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »