Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan erkak ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi E.A. (ayol) ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs tomonidan uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi 38 yoshli (erkak) R.S. sodir etgani aniqlandi. Unga ko‘ra, R.S. Telegram messenjerida notanish profil orqali E.A.ga rasmlarini jo‘natib, 5 000 000 so‘m pul talab qilgan. Shuningdek, agar pullarni bermasa, suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini aytib E.A.ni qo‘rqitgan.

Jinoyat sodir etgan R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »