Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kembrij gersoginyasi soddaroq obrazni yaxshi ko‘rgani uchun maqtovga sazovor bo‘lsa-da, Keytning hashamatli modaga bo‘lgan ishtiyoqi tez-tez o‘zini namoyon qiladi. Uning qaysi liboslari qirollik oilasiga qimmatga tushgani haqida gaplashamiz.

Emilia Wickstead brendining katakli yubkasi — 1 112 dollar

Foto: Marie Claire

Kensington saroyidagi Rojdestvo bayramidagi libosning sodda ko‘rinishiga qaramay, bu obraz gersoginya uchun juda qimmatga tushgan. Gersoginya Rojdestvo libosini Emilia Wickstead brendining 1 112 dollarlik katakli yubkasi bilan 266 dollarlik qora kashmirli Brora kardigan bilan to‘ldirdi.

Sportmax brendining feruzarang paltosi — 1 200 dollar

Foto: Marie Claire

Blekpulga tashrifi chog‘ida Middlton Italiyaning Sportmax brendidan 1 200 dollarlik zumradrang paltoni 225 dollarlik Michael Kors libosi va 570 dollarlik Manu Atelier sumkasi bilan uyg‘unlashtirdi. Butun boshli obraz gersoginyaga 2 065 dollarga tushdi.

Gucci brendining siyohrang bluzkasi — 1300 dollar

Foto: Marie Claire

Gucci siyohrang bluzkasi dastlab orqa tomonida bir qator tugmalardan iborat edi, biroq Keyt uni juda kreativ deb topdi va klassikroq ko‘rinishni tanladi. Bu libos gersoginyaga 1 300 dollarga tushdi. Mazkur bluzkaga mos kelish uchun stilist Virjiniya Chadvik-Heley 170 dollarlik keng shim va 650 dollarlik Aspinal sumkasini birlashtirdi.

Emilia Wickstead brendining limonrang libosi — 1 285 dollar

Foto: Marie Claire

Emiliya Wickstead’ning gersoginyaga juda qimmatga tushgan yana bir buyumi bu 2013-yilda Bukingem saroyidagi bog‘dagi ziyofatda kiygan limonrangli ko‘ylagi. Homilador gersoginya bu kiyimni Jane Corbett shlyapasi va tilla detalli klatch bilan yakunladi.

Elie Saab brendining nafis moviy libosi — 3 100 dollar

Foto: Marie Claire

Bu libos Royal Ascot poygalarida gersogiya Keyt obrazlari orasida eng mashhurlaridan biriga aylangan. 3 100 dollarlik moviy Elie Saab ko‘ylagi, Philip Treacy shlyapasi va Kiki McDonough sirg‘alari bilan birlashtirilgan Kembrij gersoginyasi moda mutaxassislarining yuqori baholariga sazovor bo‘ldi.

Catherine Walker brendining qaymoqrang paltosi — 4 000 dollar

Foto: Marie Claire

Gersoginya Keyt paltolarga bo‘lgan katta ishtiyoqi bilan tanilgan va u ulardan pul ayamaydi. 2016-yilda Kanadaga tashrifi chog‘ida u o‘zining eng sevimlilaridan biri bo‘lgan 4 000 dollarlik qaymoqrang Catherine Walker paltosini kiydi. L.K. Bennet tuflilari, marvarid sirg‘alar va platinali zarang bargli brosh obrazni yanada mukammal qildi.

Jenny Packham brendining moviy libosi — 4 684 dollar

Foto: Marie Claire

Moviyrang palitra — gersoginya Keytning sevimli ranglaridan biri (va ajablanarli joyi yo‘q, chunki bu rang qirollik oilasining eng muhim rangi hisoblanadi). Oqshomning eng ta’sirli obrazlaridan biri bu Royal Variety taqdimoti uchun Jenni Packham brendidan gersoginya libosi bo‘ldi. Yaltiroq toshlar bilan bezatilgan hashamatli libosning narxi 4 684 dollarni tashkil etdi.

Alexander McQueen brendining qora libosi — 6 211 dollar

Foto: Marie Claire

Har bir ayolning shkafida qora libosi bo‘lishi kerak. Keyt o‘zining klassik ko‘ylagiga juda katta pul sarfladi — 6 000 dollardan ko‘proq. To‘g‘ri, barcha xarajatlar tezda o‘zini oqladi — obraz bir vaqtning o‘zida ham sodda, ham ixcham va hashamatli ko‘rinardi.

Chanel brendining obrazi — 10 000 dollardan ortiq

Foto: Marie Claire

2017-yilda Kembrij gersoglari Buyuk Britaniyada Brexitdan so‘ng Parij bo‘ylab ikki kunlik gastrol safarini uyushtirishdi, Orse muzeyi va Eyfel minorasini sayr qilishdi. Keyt moda diplomatiyasining katta muxlisi, shuning uchun u Chanel’dan nimanidir sinab ko‘rishiga shubha yo‘q edi. Shahzodaning rafiqasi maksimal darajada o‘zgarishga qaror qildi va brendning bahor-yoz kolleksiyasidan tvid ko‘ylak kiydi. Bu libos gersoginya uchun o‘zgartirildi va ko‘rinishni monogrammali kamar va bordo sumka bilan to‘ldirdi. Chanelning umumiy obrazi 10 000 dollardan oshadi.

Alexander McQueen brendining bazm ko‘ylagi — 10 605 dollar

Foto: Marie Claire

Gersoginya ilk bor BAFTA mukofotining qizil gilamida gulli kashta tikilgan Aleksandr McQueen’ning hashamatli 10 605 dollarlik libosida chiqdi. Bir muncha vaqt o‘tgach, gersoginya libos yenglariga kichik bir o‘zgarish kiritdi, bu kiyimning ko‘rinishini butunlay o‘zgartirdi. Keyt uni 2019-yilda Portret Gala’da yana kiydi.

Alexander McQueen brendining shaftolirang ko‘ylagi — 14 000 dollar

Foto: Marie Claire

Singlisi Pippa va uning sevgilisi Jeyms Metyusning to‘yida gersoginya Alexander McQueen’ning shaftolirang libosini kiydi va uni Jeyn Teylorning ajoyib shlyapasi bilan to‘ldirdi. Ko‘ylak narxi mehmonning maqomiga mos ravishda juda shohona edi — 14 000 dollar.

Alexander McQueen brendining to‘y libosi — 332 000 dollar

Foto: Marie Claire

Gersoginyaning eng qimmat libosi dizayner Sara Berton tomonidan yaratilgan Alexander McQueen to‘y libosi bo‘lishiga shubha yo‘q. Eng konservativ hisob-kitoblarga ko‘ra, bu qirollik oilasiga 332 ming dollarga tushgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »