Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Federal depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi (FDIC) muammoli First Republic bankini bugun, 1-may kuni Kaliforniya moliyaviy himoya va innovatsiyalar departamenti tomonidan yopilganini va FDIC tomonidan tashqi boshqaruvga berilganini e’lon qildi

Foto: Bloomberg

First Republic banki bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlar 10-mart kuni Silicon Valley Bank bankrotligi haqidagi xabar bilan birga paydo bo‘lgandi.

Keyinchalik vaziyatga AQSH hukumati aralashdi va bank Federal zaxira tizimi (Fed) va Amerikadagi 6 ta yirik bankdan 30 mlrd dollar yordam oldi. 

Shunga qaramay, birinchi chorakda First Republic bankidan mijozlar mablag‘larining chiqib ketishi 100 mlrd dollardan ortiqni tashkil etdi va yil boshidan buyon bank aksiyalari 97 foizga arzonlashdi. 

28-aprel kuni FDIC JPMorgan va boshqa ba’zi banklar va investitsiya kompaniyalaridan muammoli bankni sotib olishni so‘ragandi. JPMorgan Chase First Republic bankini sotib olishga rozi bo‘ldi.

2023-yil 13-aprel holatiga ko‘ra, First Republic bankining jami aktivlari taxminan 229,1 mlrd dollarni va jami depozitlari 103,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Bankning bankrotligi — AQSH tarixidagi eng yirik ikkinchi bank inqirozi degani.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »