Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O‘zbekistonda ichki turizmning rivojlanishini o‘rganib chiqdi. Respondentlarning 66,6 foizi sanitariya-gigiyena xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yetarli emas, deb baholagan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ichki turizmning rivojlanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganish maqsadida mart—aprel oylarida onlayn tartibda so‘rov o‘tkazilgan va unda 1 032 kishi ishtirok etgan. Ularning 46,7 foizini ayollar va 53,3 foizini esa erkaklar tashkil etgan. So‘rovda ichki turizmning rivojlanishi 20 ta savolni ichiga olgan anketa usuli yordamida baholangan.

Onlayn so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatda ichki turizmning quyidagi xususiyatlari aniqlangan:

  • sayohatlar chastotasi bo‘yicha respondentlarning 1/2 qismi (58,5 foiz) yiliga kamida bir marotaba ichki sayohatga chiqadi (shu jumladan, 33,5 foizi yiliga bir marotaba, 16,6 foizi 3 oyda bir marotaba, 8,3 foizi oyiga bir marotaba). Shu bilan birga, respondentlarning 32,3 foizi sayohat qilish va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish istagini bildirgan;
  • pul mablag‘larining yetishmasligi (respondentlarning 24,7 foizi) va bo‘sh vaqtning kamligi (27 foizi) ichki turizmning rivojlanishi va sayyohlik xizmatlariga talabning ortishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar sifatida qayd etilgan. Agar erkaklarda bo‘sh vaqtning yetishmasligi asosan ularning davlat ishida faoliyat yuritayotgani bilan izohlansa, ayollarda bo‘sh vaqtning kamligi ularning davlat ishida bandligi va bola parvarish qilayotgani bilan bog‘liq;
  • yosh tarkibi bo‘yicha ichki turizm iqtisodiy faol aholi orasida keng tarqalgan; mamlakat bo‘ylab sayohat qiluvchilarning faol toifasini 26-35 yosh oralig‘idagi fuqarolar tashkil qiladi (respondentlarning 33,4 foizi), 36-55 yosh oralig‘idagilar (33,6 foiz). Sayohat qilishni xohlovchilar orasida aynan shu yosh guruhi yetakchi sifatida qayd etilgan (mos ravishda 37,5 foiz va 33,9 foiz);
  • o‘zbekistonliklar asosan o‘z oilasi (so‘rovda qatnashganlarning 51,5 foizi), do‘stlari (26,0 foiz) bilan sayohat qilishni afzal ko‘radi. Bu esa aholi mentaliteti va oila institutining jamiyatdagi ahamiyati bilan bog‘liq;
  • ziyorat turizmi (53,7 foiz), tog‘ kurort turizmi (52,7 foiz), madaniy-ma’rifiy turizm (36,4 foiz), sog‘lomlashtirish turizmi (35,8 foiz) va sohil turizmi (35,4 foiz) so‘rovda qatnashganlar orasida eng jozibador turizm turlari sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, yoshlar (35 yoshgacha) o‘rtasida ekstremal sport, festival turizmi hamda agroturizmga qiziqish ortib bormoqda.

Aholi turizm sohasining infratuzilma qismiga qanday baho beradi?

Mamlakat bo‘ylab turistik safarlarda aholi turoperatorlar va sayyohlik agentliklari xizmatidan foydalanmagan holda mustaqil ravishda sayohat qilishni afzal biladi. Shunday qilib, respondentlarning 52,6 foizi mustaqil sayohat qilishini bildirgan.

Axborot ta’minoti ichki turizmni rivojlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda. Yiliga kamida bir marotaba sayohat qiluvchi respondentlarning 67,7 foizi dam olish joyini tanlashda tanishlari, do‘stlari va qarindoshlarining, 50 foizi ijtimoiy tarmoqlarning, 31 foizi maxsus saytlarning tavsiyalariga asoslanishini aytgan.

Mart oxirlarida Toshkent shahar Mirobod tumani Lokomotiv ko‘chasida birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi

Ma’lumot uchun, 2017-yilda jami 200 ta sanitar-gigiyenik shoxobcha faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib ularning soni 7,5 mingdan oshgan. Shulardan 3,9 mingtasi yangi qurilgan, 3,6 mingtasi qayta ta‘mirlanib, foydalanishga topshirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »