Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml Baxmutni to‘liq bosib olish uchun 9-may sanasini tanladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shundan so‘ng “g‘alaba notasi”ni e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina rasmiylariga tayanib, RBC-Ukraina xabar berdi.

Foto: AP Photo

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bu Rossiya rasmiylari va armiyasi uchun mantiqiy qaror bo‘ladi, chunki Baxmut uchun mashaqqatli jangdan so‘ng rus armiyasi hujumni davom ettirish uchun kuchga ega bo‘lmasligi mumkin.

Misol tariqasida, 2022-yil yozda Shimoliy Donetskdagi aholi punktlarining bir qismi uchun mashaqqatli janglardan so‘ng, rus bosqinchilarining harakati bir necha oyga to‘xtatilgandi.

Shubhasiz, Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumi Rossiyani bosib olingan hududlarni yo‘qotishiga olib kelishi aniq. Shu sababli Moskva urushning tugashi va “maxsus harbiy operatsiya” ko‘zlangan “maqsadiga erishgani”ni e’lon qilish orqali allaqachon qo‘lga kiritilgan hududlarni “mustahkamlash”ga intilishi mumkin.

Agar Rossiya qarshi hujum boshlanishidan oldin urush tugaganini e’lon qilsa, dunyo yetakchilari Kiyevni harbiy operatsiyani boshlash o‘rniga muzokaraga ko‘ndira boshlashi mumkin, chunki Ukraina manfaatidan tashqari bo‘lgan va tinchlikka erishishga chorlovchi siyosatchilar bor.

Agar Rossiya urush tugaganini e’lon qilib, muzokaralarni kutsa, tinchlik tarafdori siyosatchilar soni sezilarli darajada oshishi mumkin. Shuning uchun Ukraina qurolli kuchlariga qarshi hujumi boshlanishidan oldin Moskva qandaydir g‘alabani e’lon qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Baxmutni himoya qilish ustuvor vazifadir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »