Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina rahbariyatining Qrimni qaytarib olish rejalari haqidagi bayonotlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb yozdi Rossiya sobiq prezidenti va amaldagi Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida.

Foto: “RIA Novosti”

Uning fikricha, bunga uchta yo‘l bilan javob qaytarish kerak:

  • Ukraina qurolli kuchlari tomonidan rejalashtirilgan qarshi hujumga jalb qilingan “shaxsiy tarkib va ​​harbiy texnikani yoppasiga yo‘q qilish” orqali;
  • demilitarizatsiya bilan Ukrainada “dushmanni to‘liq mag‘lub qilish va natsistlar rejimini to‘liq ag‘darish” orqali;
  • Ukraina rahbariyatining “asosiy figuralaridan” ularning joylashuvi va qancha vaqt ketishidan qat’i nazar “qasos olish” orqali.

Medvedev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Finlyandiyaning Yle gazetasida chop etilgan intervyusiga shunday munosabat bildirdi. Intervyuda siyosatchi qarshi hujum yaqinligi va Ukrainaning Qrimni qaytarish rejalari haqida e’lon qilgandi. U, shuningdek, Rossiya bilan ziddiyat yillar va hatto o‘nlab yillarga cho‘zilishi mumkinligidan ogohlantirdi, ammo Rossiyaga Ukraina hududini berishni istisno qildi.

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov harbiylarni qarshi hujumga tayyorlash yakuniy bosqichda ekanini aytgandi

Ukraina hukumatining qarshi hujumi bahor yoki yozda amalga oshirilishi kutilmoqda. Newsweek ma’lumotlariga ko‘ra, hujum 30-aprelda boshlanishi mumkin. Shu bilan birga, Ukraina Oliy Radasi G‘arb texnikasi yetarli emasligi sabab hujum aprel oyidan noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »