Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainadagi mojaroni hal etish muhokamasiga Xitoyning qo‘shilishi 2023-yil oxiriga borib Moskva va Kiyev o‘rtasida haqiqiy muzokaralar boshlanishini ta’minlashi mumkin. Bu haqda AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Endilikda Xitoy aralashishni boshlagach… O‘ylaymanki, yil oxiriga borib biz muzokaralar jarayoni, hatto haqiqiy muzokaralar haqida gapirishimiz mumkin bo‘ladi”, — deydi u.

Kissinjerdan agarda AQSH prezidenti iltimos qilsa, Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga borish-bormasligi haqida so‘rashgan. Sobiq davlat kotibi dialogning haqiqiy ishtirokchisi emas, balki maslahatchi sifatida borishi mumkinligini aytgan.

Genri Kissinjer 2022-yilda Ukraina mojarosini muzokaralar yo‘li bilan hal etishni yoqlab chiqqandi. Shu bilan birga, u NATO Rossiya va Moskvaga yon bosmasligi kerakligini ta’kidlagan.

“Rossiyaning eng yangi tarixida birinchi marta Amerika bilan Yevropani o‘z yadro kuchlari bilan himoya qilishda asosiy bo‘g‘in sifatida emas, balki Yevropa bilan bir butun bo‘lib yonma-yon yashash zaruriyatiga to‘qnash keladi”, — degandi Kissinjer.

Kissinjer 1969—1975-yillarda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 1973—1977-yillarda davlat kotibi lavozimini egallagan. 2023-yil 27-may kuni u 100 yoshga to‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »