Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Deyarli hamma boy va mashhur insonlarning qanday yashashiga qiziqadi. Bunday odamlar umr yo‘ldosh sifatida kimni tanlagani yanada qiziq. Osiyoning eng badavlat odami, tadbirkor Mukesh Ambani kimga uylangani haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Mukesh Hindiston bo‘ylab energetika, neft-kimyo, to‘qimachilik, tabiiy resurslar, chakana savdo va telekommunikatsiya sohalarida korxonalarga ega bo‘lgan Reliance Industries kompaniyasining direktorlar kengashi raisi, boshqaruvchi direktori va asosiy egasidir. Tadbirkorning 2020-yildagi boyligi 64,6 milliard dollarga baholangan.

Milliarderning shaxsiy hayoti o‘ta hashamatliligi bilan ajralib turadi. U Nita Ambani bilan turmush qurganiga 20 yildan oshgan, er-xotinning uch nafar farzandi bor — Akash, Anant va Isha. Ambanining rafiqasi Nita 59 yoshda bo‘lishiga qaramay, yosh ko‘rinadi. Mukeshning o‘zi yaqinda 66 yoshini nishonladi.

Foto: Getty Images

Mukesh Ambani bilan tanishgan vaqtda Nita maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlardi. Nita va Mukeshning to‘yi 1985-yilda bo‘lib o‘tadi. Turmush qurgandan so‘ng, ayol yana bir necha yil o‘qituvchilik faoliyatini davom ettiradi.

Keyinchalik Nita oilaviy biznes bilan shug‘ullana boshladi. U qaynotasi Dhirubxay Ambani tomonidan asos solingan Reliance Foundation (CSR Reliance Industries bo‘limi) raisi bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Hindistonda har kim hashamatli turmush tarzini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishi odatiy hol. Nita ham ajoyib zargarlik buyumlariga ega. Odatda zargarlik buyumlari karatlarda o‘lchanadi, ammo Ambani misolida uni kilogrammda ko‘rib chiqish mumkin.

Nita hajmi katta yoqut, zumrad va olmoslarni yaxshi ko‘radi. Ayol an’anaviy uslubda kiyinadi, shuning uchun qimmatbaho taqinchoqlari uyg‘un ko‘rinadi. Milliarderning rafiqasi qimmatbaho avtomobil — Audi A9 Chameleon sportkarini boshqaradi, uning taxminiy narxi 150 ming dollar.

Foto: Getty Images

Avval aytganimizdek, Nita bir marta kiygan poyabzalini qayta kiymaydi. Ambani xonim garderobida 500 ming dollarlik sari ham bor.

Dunyodagi eng qimmat uy

Foto: Getty Images

“Antiliya” osmono‘par binosi Mumbayda (Hindiston) joylashgan bo‘lib, tadbirkor Mukesh Ambani mulki hisoblanadi. Bino 37 000 metr² maydonga ega — u dunyodagi eng katta xususiy turar joy binosi hisoblanadi. Binoning umumiy balandligi 173 metrni tashkil qiladi. Ammo bu hammasi emas: bunday uy-joyni tartibli saqlash uchun kuniga 600 kishi ishlaydi. Bino Atlantika okeanidagi afsonaviy Antiliya oroli sharafiga nomlangan va chikagolik arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan, dizayn nilufar guli va quyoshga o‘xshash tarzda yaratilgan.

Foto: Getty Images

Bino Rixter shkalasi bo‘yicha 8 ball zilzilaga bardosh beradigan tarzda qurilgan. Uning qabulxonasida 9 ta lift va birinchi olti qavatda 168 ta mashina uchun avtoturargoh mavjud. Agar mashinangiz buzilib qolsa, tashvishlanmang, 7-qavatdagi shaxsiy avtoservis bu muammoni ham hal qiladi.

Foto: Getty Images

Bu yerda zerikib, madaniy hordiq chiqarmoqchi bo‘lsangiz — Antiliya osmono‘par binosida 50 kishilik kinoteatr bor. Shuningdek, dam olish uchun spa-salon, bir nechta basseynlar, osma bog‘lar va bal uchun mo‘ljallangan zal mavjud.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Uydagi eng noodatiy xonalardan biri sun’iy qor va muzdan yasalgan “qorli” xonadir. Yozda bu xona qishga aylanadi va jazirama kunlarda jonga oro kiradi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Yuqori qavatlarda nufuzli oila mehmonlari uchun kvartiralar, eng yuqori qismida esa Ambani oilasining qarorgohi joylashgan. U yerda Mukeshning o‘zi, rafiqasi Nita, tadbirkorning onasi va uch nafar farzandi yashaydi. Turar joy tomida 3 ta vertolyot maydonchasi va parvozlarni boshqarish markazi mavjud.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Noodatiy uy qurish g‘oyasi tadbirkorning rafiqasi Nita Ambaniga tegishli. G‘ayrioddiy binoning qurilishi 7 yil davom etgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Mumbaydagi yer qiymatining oshishi tufayli bino hozirda 1-2 milliard AQSH dollarigacha baholanishi mumkin, bu esa uni dunyodagi eng qimmat uyga aylantiradi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »