Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazir Imron Xonning hibsga olinishini noqonuniy deb topdi va uni zudlik bilan ozod qilishni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar berdi

Foto: The Statesman

Imron Xon korrupsiyada ayblanib hibsga olinishi ortidan Pokistonda ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlangandi.

“Oliy sud Imron Xonga qarshi barcha sud jarayonlarini bekor qildi. Undan juma kuni ertalab Islomobod Oliy sudiga kelish so‘ralgan”, — degan Xonning advokati Babar Avan.

Avanning qo‘shimcha qilishicha, Oliy sud Xon hozir korrupsiyaga qarshi agentlikka emas, balki uning qarmog‘ida ekanini bildirgan.

Xon tunni avvalgidek politsiyaning mehmonlar uyida o‘tkazgan, ammo cheklangan miqdordagi do‘stlari va oila a’zolari bilan uchrashishga ruxsat berilgan. Uning qachon uyiga qo‘yib yuborilishi hozircha aniq emas.

Imron Xon o‘ziga qarshi har qanday qonunbuzarlikni rad etadi. Uning hibsga olinishi natijasida yuzaga kelgan zo‘ravonliklar og‘ir iqtisodiy inqiroz bilan kurashayotgan 220 million aholisi bo‘lgan mamlakatdagi beqarorlikni yanada kuchaytirdi va XVJ yordamini tezda qayta tiklash umidlarini puchga chiqardi.

Xon tarafdorlarining politsiya bilan to‘qnashuvi, harbiy inshootlarga hujum qilishi va boshqa hukumat binolari va mulkiga o‘t qo‘yishi natijasida 2 mingga yaqin odam hibsga olindi va kamida besh kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »