Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV To‘rtko‘l tumanidagi bog‘cha tarbiyachisining kaltaklangani bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 10-may kuni To‘rtko‘l tumani “Anhorli” OFYda joylashgan 21-sonli bog‘chada 38 yoshli K.N. tarbiyachi va mazkur bog‘chada musiqadan dars beradigan 40 yoshli A.D. o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Janjal vaqtida fuqaro A.D. fuqaro K.N.ning ust kiyimlarini yirtib tashlagani sababli ayol sodir bo‘lgan voqeani turmush o‘rtog‘i, hozirda “Ko‘ngilli yong‘in obod” MCHJda ishlovchi K.M.ga aytib bergan. Bundan jahli chiqqan K.M. ukalari K.J. (1992-yilda tug‘ilgan) hamda K.B. (2002-yilda tug‘ilgan) bilan bog‘chaga borib, fuqaro A.D.ni kaltaklagan.

Hodisa oqibatida A.D. To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohatlari bilan yotqizilgan, hozirda uning ahvoli shifokorlar nazoratida. 

Holat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘qituvchilarning kaltaklanish holatlari

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida maktab direktori bir necha shaxslar tomonidan kaltaklangani aytilgan edi. Shuningdek, viloyatning Sariosiyo tumani xalq ta’lim bo‘limi mudiri hududdagi maktablardan birining direktorini haqorat qilgan edi. Bir necha kun oldin esa Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »