Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yil birinchi choragi uchun “Iste’mol kayfiyati sharhi”ni e’lon qildi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamg‘armaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda iste’mol kayfiyat indeksi 2022-yilning IV choragiga nisbatan 2,3 bandga kamayib, 23,9 bandni tashkil etgan. O‘zbekistonliklarning aksariyat qismi mablag‘larini ta’lim (16,1 foiz), uy-joy ta’miri (13,6 foiz), davolanish (13 foiz), oilaviy bayramlar (7,4 foiz), maishiy texnikalar xaridi (6,9 foiz) hamda avtomobil sotib olishga (6,3 foiz) sarflagan.

Skrinshot: Markaziy bank

Kelajakda respondentlarning 19 foizi pul mablag‘larini uy-joy ta’miriga, 12,2 foizi — ta’limga, 8,6 foizi — avtomobil xaridiga, 7,7 foizi — davolanishga, 7,3 foizi — ko‘chmas mulkka, 6,7 foizi — to‘yga sarflash niyatida.

Respondentlar orasida faqatgina 7-10 million so‘mgacha bo‘lgan daromad sinfi kelgusi oylarda kredit olishni ko‘proq rejalashtirayotganini taʼkidlagan bo‘lsa, qolgan barcha daromad guruhida kreditga bo‘lgan yalpi talab kamayib borishi kutilmoqda. Shuningdek, 3-5 million so‘m atrofidagi daromadlilar orasida kreditga bo‘lgan talab o‘zgarmas darajada saqlanib qolingan.

Mart oyida PMTI ekspertlari O‘zbekistonda insonlarning hayoti davomida iste’mol xarajatlari va daromadlari, o‘zgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi yosh oilalar daromadining asosiy qismini qarz to‘lashga sarflayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »