Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ovqat hazm qilish organlarining holati ko‘plab omillarga bog‘liq. Ammo birinchi navbatda nima yeb-ichayotganimizga. Oshqozon-ichak trakti muammolari — og‘riq va noqulaylik ba’zan sog‘lom ovqatlardan ham paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois diyetangizga alohida e’tibor qaratish lozim.

Albatta, vaqti-vaqti bilan zararli va shu bilan birga, mazali bo‘lgan taomlar, fastfudlar iste’mol qilishingiz tabiiy. Asosiysi, buni tez-tez takrorlanuvchi odatga aylantirmaslikdir. Bundan tashqari, ovqat hazm qilish nuqtai nazaridan zararsiz ko‘rinadigan, ammo ovqat hazm qilish traktini halokatga olib boradigan turli toifadagi oziq-ovqatlardan qochish kerak.

Gastroenterolog Sarmed Sami ushbu 3 ta oziq-ovqat toifasidan, ayniqsa, ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. Mutaxassis ularni umuman iste’mol qilmaslikni va “toza” tarkibga ega bo‘lgan sog‘lom analoglarini qidirishni tavsiya qiladi.

Qayta ishlangan go‘sht

Kolbasa, sosiska, umuman qayta ishlangan turli-tuman go‘sht turlari butun dunyodagi millionlab odamlar nonushtasining ajralmas qismidir. Ushbu toifadagi oziq-ovqatning tuzi yuqori bo‘lganligi sababli xavflidir: tuzni ko‘paytirish ichakdagi laktobakteriyalarning ma’lum shtammlarini yo‘q qiladi.

Ammo qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarining asosiy zarari ularning tarkibidagi nitrat va nitritlardir. Ichaklarga tushgach bu moddalar nitrozaminlarga aylanadi. Bu kolorektal saraton rivojlanishini qo‘zg‘atadigan birikma hisoblanadi.

“Bundan tashqari, kolbasa tarkibidagi yog‘larning ko‘p miqdori zararli bakteriyalarning ko‘payishiga olib kelishi va ichaklarda yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin”, — deb qo‘shimcha qiladi doktor Sami.

Yuqori darajadagi yog‘li sut mahsulotlari

Sut oqsil va kalsiyga boy, ammo hamma uchun emas. Avvalo, bu laktoza intoleransi bilan bog‘liq — gastroenterologning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu holat kattalarning deyarli 90 foizida u yoki bu darajada uchraydi.

Albatta, ertalabki qahvalarda ozgina sut yoki qaymoq zarar keltirishi dargumon. Ammo agar tez-tez oshqozoningizda og‘riqni his qilsangiz, dam bo‘lib, meteorizmdan aziyat cheksangiz, sut mahsulotlarini diyetangizdan chiqarib tashlashga harakat qiling va qanday o‘zgarishlar yuz berishini kuzating.

Mutaxassisning fikricha, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan sut mahsulotlari, masalan, qaymoq, sariyog‘ va qattiq pishloqlar ovqat hazm qilishga salbiy ta’sir qiladi.

“To‘yingan yog‘ning yuqori miqdori ichakda safro kislotalari ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, bu butun oshqozon-ichak traktining mikrobiomasiga ta’sir qiladi va bifidobakteriyalarni kamaytiradi”, — deb tushuntiradi shifokor.

Tayyor ovqatlar

Ha, bu hamma uchun qulay va ko‘p vaqtni tejaydi. Ammo tuz, shakar, sariyog‘ va konservantlar ko‘p bo‘lmagan tayyor ovqatlarni topish deyarli imkonsiz. Ko‘chilik tushlik yoki kechki kechki ovqatga kuch sarflamaslik uchun ko‘pincha tayyor taomlar sotib olishni ma’qul ko‘radi. Bunda ovqat hazm qilish tizimiga qancha ingrediyentlar zarar yetkazishini tasavvur qilishning o‘zi qo‘rqinchli.

“Bunday yuqori darajada qayta ishlangan ovqatlar organizmdagi metabolik jarayonlarni o‘zgartiradi. Bunday oziq-ovqatlarga boy parhez bora-bora 2-toifa qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi”, — deya xulosa qiladi Sarmed Sami.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »