Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yog‘lar diyetaning muhim tarkibiy qismi va energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Ayniqsa, to‘yinmagan yog‘lar foydali: ular tarkibida glyukoza tezroq so‘rilishini ta’minlaydigan elementlar mavjud. Bu diabet va metabolik sindrom (metabolik kasalliklar) rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Omega-3 yog‘ kislotalari qondagi zararli xolesterin darajasini pasaytiradi va qon tomirlar devorlariga xolesterin blyashkalari o‘rnashib qolishining oldini oladi. Bundan tashqari, ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi.

To‘yinmagan yog‘larning asosiy manbai baliq, sabzavotlar, yong‘oq va urug‘lardir. Bundan tashqari, zaytun, kungaboqar va yeryong‘oq yog‘lari, avokadoda juda ko‘p foydali mikroelementlar mavjud.

Foto: Championat

To‘yingan yog‘lar go‘sht, parranda go‘shti, sut mahsulotlari, pishloq, kokos moylari va sariyog‘da uchraydi. Ulardan foydalanish joiz, ammo me’yorida.

Gap shundaki, bunday moddalar organizmda to‘planib, xolesterinning umumiy darajasini oshiradi. Bugungi kunda yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfi ortib bormoqda.

Transyog‘lar — eng zararli moddalardan tarkib topgan va u quyidagi mahsulotlar tarkibida uchraydi:

  • Pechenye;
  • Kekslar;
  • Pitssa;
  • Mayonez;
  • Chipslar;
  • Kolbasa;
  • Kartoshka fri va boshqa kuchli qovurilgan taomlar.

Ular qondagi zararli xolesterin darajasini oshiradi, bu esa arteriyalar va qon tomirlari devorlariga yopishib qolishi mumkin bo‘lgan xolesterin blyashkalarining shakllanishiga olib keladi. Bu esa qon aylanishini va oqimini sekinlashtiradi.

Boshqa asoratlar ham mavjud:

  • Yog‘ ichki organlarda to‘planadi, visseral yog‘ paydo bo‘ladi (qorin bo‘shlig‘idagi ortiqcha yog‘ to‘qimalari), bu yurakka va uning faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi;
  • Yurak yuqori yuk rejimida ishlaydi, bu uning muddatidan oldin zaiflashishiga olib keladi;
  • Miya yetarlicha kislorod olmaydi;
  • Xolesterin blyashkalari yorilishi trombozga olib kelishi mumkin.
    Foto: Championat

Allaqachon yurak bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang: u sizga yangi ovqatlanish odatlarini shakllantirishga yordam beradi va tuzatuvchi diyetani tavsiya qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »